Otabek Ahmadjonov: “Xorazm”ga qarshi o'yinimiz kamida durangga loyiq edi”
16 may 2016 11:14
Yangiliklar
Otabek Ahmadjonov: “Xorazm”ga qarshi o'yinimiz kamida durangga loyiq edi”
O'zbekiston Birinchiligining 9-turidan o'rin olgan “Xorazm” – “Oq-tepa” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar azosi Otabek Ahmadjonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- “Xorazm”ga qarshi o'yinimiz kamida durangga loyiq edi. Ammo mag'lubiyatga uchradik. Yutqazganda ham alamli tarzda yutqazdik. CHunki biz hujum uyushtirayotgandik, qarshi hujumda raqibni o'tkazib yubordik. Bunga mezbonlarning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi ham sabab bo'ldi, deyish mumkin. Menga “Xorazm” futbolchilarining shu jihati yoqdi. Maydonning holati achinarli ekanligi, o'yinimizga salbiy tasir qildi. Boisi, biz kombinacion futbol o'ynashga harakat qilamiz. Bu maydonda to'pni jamoadoshiga erlatib to'g'ri uzatishning iloji yo'q. Mag'lubiyatni unutgan holda keyin bahsga tayyorgarlik ko'ramiz, - deydi Ahmadjonov.
"Oq-tepa" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar