Oston O'runov "Ufa" bilan Rafael Benites jamoasini mag'lub qildi
23 fev 2020 23:29
Yangiliklar


Oston O'runov "Ufa" bilan Rafael Benites jamoasini mag'lub qildi
"Ufa"ga Rafael Benites boshchiligidagi "Dalyan Ifan" klubi raqiblik qildi. O'yin "Ufa"ning to'liq ustunligi ostida o'tdi va yakunda ruslarning qo'li baland keldi - 4:1. Daniil Fomin va Lovro Bizyakning dubliga xitoyliklar bir bor javob qaytarishdi. Uchrashuvni zahira o'rindig'ida boshlagan Oston O'runov 33-daqiqada maydonga tushirildi va hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar to'p tepdi.
Ispaniya yig'inidan qaytgan "Ufa" Krasnodarga safar qilib, 1 mart kuni RPL 20-turi doirasida mazkur shahar jamoasi bilan bellashadi.
«Ufa» (Ufa, Rossiya) – «Dalyan Ifan» (Dalyan, Kitay) – 4:1 (2:0).
Gollar: Fomin (1:0, 10), Bizyak (2:0, 41), Fomin (3:0, 58), Bizyak (4:0, 61).
FK «Ufa»: Belenov - Suxov (Terentev, 81), Nedelcharu, Tabidze (Pucko, 85), Yokich, Aliev - Karp (Urunov, 33), Fomin, Till - Krotov (Agalarov, 79), Bizyak (Vombergar, 72).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar