Oston O'runov transferi kelasi hafta hal bo'ladi
31 iyu 2020 20:38
Yangiliklar
Oston O'runov transferi kelasi hafta hal bo'ladi
Bu haqida SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanali orqali malum qildi.
"O'runov bilan gaplashdim, hozir «Ufa»da. Agentlar «Spartak» bilan muzokara o'tkazmoqda. Hamma narsa hal bo'lishi bilan Moskvaga uchadi.
«Spartak»dan tashqari O'runovga Rossiyaning boshqa klublari qatorida Evropaning qator jamoalaridan ham qiziqishlar bo'lgan.
O'runov «Spartak»dagi katta bosim va masuliyatdan qo'rqmayapti. Hamma savollar yoki gap-so'zlarga maydondagi o'yini orqali javob bermoqchi.
O'tish amalga oshgach "Championat.asia" orqali o'zbekistonlik muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berishga vada berdi.
SHaxsiy fikrim, O'runovning hozirgi salohiyati «Spartak»da etakchi bo'lishga qodir", deyiladi xabarda.
Fikrlar