Oston O'runov qachon maydonga tushadi?
10 avg 2020 00:40
Yangiliklar


Oston O'runov qachon maydonga tushadi?
"Spartak" - "Sochi" (2:2) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida Moskva klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoga hamyurtimiz Oston O'runov haqida ham savol berildi.
- O'runov va Kokorinni qachon maydonda ko'ramiz?
"Kokorinda mikrojarohat bor. Bugun tongda u o'ynay olmasligini aytgandi. O'runov biz bilan birga, ammo u yaqinda koronavirusdan tuzalgani bois maydonga tusholmaydi. U 3 haftani mashg'ulotlarsiz o'tkazdi. Ostonga tuzalish va formasini tiklash uchun biroz vaqt kerak. Hozir u yakka tartibda ko'proq ishlashi lozim".
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 4
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar