So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Oston O'runov nima uchun bugun o'ynamayapti? "Spartak" bosh murabbiyi javob berdi Yangiliklar

Oston O'runov nima uchun bugun o'ynamayapti? "Spartak" bosh murabbiyi javob berdi

Rossiya premer-ligasi 1-turidan o'rin olgan "Spartak" - "Sochi" uchrashuvi boshlandi.

Ushbu o'yinda o'zbekistonlik Oston O'runov qaydnomaga umuman kiritilmadi. Nima uchun bunday bo'lganini "Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ikki kun avval jurnalistlar bilan muloqot chog'ida aytib o'tgan ekan.

"Biz 2000 yilda tug'ilgan yosh futbolchi bilan shartnoma tuzdik. Unda koronavirus aniqlangandi, shu bois oxirgi 3 hafta mashg'ulot o'tkazmagandi, u jamoamizga seshanba kuni (4 avgust) keldi, uni o'rganishimiz, u esa jamoani o'rganishi kerak. Hozirgi vazifamiz - uni asrash va himoya qilish. U kasallikdan keyin katta klubga keldi. Ostonga vaqt kerak. O'runovga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlar rejasini ishlab chiqdik".

"Yangi futbolchilar bir nechta joyda o'ynay olishadi, O'runov ham yaxshi futbolchi. Birinchi taassurotim quyidagicha: u qobiliyatli va yosh, endi barchamiz birga ishlashimiz kerak. Bizning sxemada u "sakkizinchi raqam", ikkinchi hujumchi, qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynay oladi, hozircha aniq bilmaymiz".

"Hozircha bilmayman, ammo yaxshi futbolchiga joy topiladi. Murabbiy ishi shunday: agar futbolchi har hafta mashg'ulotlarda 11 eng yaxshilar qatoriga kiraversa, unga joy topish kerak. Agar qisqa qilib aytganda. Tushunarliki, poziciyalarga, raqibga, balans va hokazolarga qarash kerak", - deydi Domeniko Tedesko.



Live             RPL. "Spartak" - "Sochi" (onlayn hisob+fotogalereya)  

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика