Oston O'runov bugun "Spartak"da debyut qiladimi? Prevyu

Narzulla Saydullayev
9 avg 2020, 11:46
Bugun Rossiya premer-ligasi 1-turi davom ettiriladi.

Moskvaning "Spartak" klubi o'z maydonida "Sochi"ni qabul qiladi.

Yaqindagina "Spartak"ka ko'chib o'tgan hujumchi Aleksandr Kokorin oldingi mavsum aynan "Sochi" safida o'ynagandi.

Yakunlangan mavsum Domeniko Tedesko boshchiligidagi moskvaliklar chempionatni 7-o'rinda tugatishdi. Bu "Spartak" uchun juda ham yomon natija hisoblanadi. "Sochi" esa o'tgan mavsum oxirida koronavirus tufayli o'yinlarda ishtirok eta olmadi va texnik mag'lubiyatlar qabul qildi. Biroq ligada qolish vazifasi uddalab bo'lingan edi.

Qizig'i oldingi mavsumda ham 1-turda "Spartak" o'z maydonida "Sochi"ni qabul qilgan va 1:0 hisobida zafar quchgandi. Sochida o'tgan uchrashuvda esa mezbonlar shu hisobida g'alaba qozonishgandi.

O'zbekistonlik futbol muxlislari "Spartak" safida hamyurtimiz Oston O'runovning debyut qilishini kutishmoqda. Biroq rus futbol saytlari taxminiy tarkiblarda O'runovni qayd etishmagan.



"Spartak" - "Sochi"
9 avgust. Moskva. "Otkritie Arena" stadioni. 22:00.
Bosh hakam
- Vasiliy Kazarcev (Sankt-Peterburg).
Translyatsiya
- "Match-TV".

TAXMINIY TARKIBLAR:

"Spartak":
5-3-2: Maksimenko - Rasskazov, Maslov, Jigo, Jikiya, Lukas - Kral, Zobnin, Bakaev - Kokorin, Sobolev.

"Sochi": 5-2-3: Janaev - Zaika, Miladinovich, Mevlya, Novoselcev, Nabiullin - Noboa, Callagov - Burmistrov, Zabolotniy, Poloz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia