So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  0 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8

O'smirlar birinchiligi: Musobaqalar aprelda boshlanadi Yangiliklar

O'smirlar birinchiligi: Musobaqalar aprelda boshlanadi

Yangicha talqindagi Reglamentda ko'p o'zgarishlar qayd etilgan.

SHulardan biri Superliga va Pro-liga klublari qoshidagi futbol Akademiyalari va futbol maktablari tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi Respublika birinchiligidir.

Bu yil ilk bor 14, 16 va 18 yoshlilar o'rtasidagi musobaqa Respublika miqyosida tashkillashtirilmoqda. Hatto 10 yoshli bolalar o'rtasidagi rasmiy musobaqa Festival sifatida o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

U-16 va U-18 yoshdagi o'smirlar birinchiligida Superliga klublari qoshidagi futbol Akademiyalari tarbiyalanuvchilari to'p surishadi. Aprel oyining o'rtalarida start olib, to noyabr oyigacha davom etadigan musobaqada 12ta jamoa uy-safar tizimida ikki davraviy bahslarda qatnashishadi.

U-16 yoshdagilar o'rtasidagi o'yinlar Pro-liga klublarining futbol maktablari tarbiyalanuvchilari o'rtasida ham tashkillashtiriladi. Turnir ikki bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqich o'yinlari mintaqaviy tarzda tashkil etiladi, ikkinchi final bosqichi esa markazlashgan holda uyushtiriladi. Final bosqichi manzili keyinroq malum bo'ladi. Birinchilik aprel oyi o'rtalarida boshlanadi va noyabrgacha davom etadi.  

U-14 yoshdagi o'smirlar birinchiligida Super liganing 12, Pro-liganing esa 14 (“Paxtakor-2” va “Bunyodkor-2” jamoalari qo'shilmagan), jami 26ta jamoa g'oliblik uchun kurashadi. Bu musobaqa ham ikki bosqichdan iborat - mintaqaviy hamda final bosqichi. Aprel-noyabr oylariga belgilangan.

U-10 yoshdagi bolalar turnir Festival sifatida o'tkaziladi. Super liganing Akademiyalari va Pro-liga futbol maktablari o'rtasidagi turnirda natijalar hisobga olinmaydi...


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика