Oskar: "CHelsi"da faoliyatimni yakunlashni xohlayman"
27 jan 2021 18:23
Yangiliklar


Oskar: "CHelsi"da faoliyatimni yakunlashni xohlayman"
"SHanxay SIPG" yarim himoyachisi Oskar faoliyatini "CHelsi"da yakunlashni xohlashini aytdi.
"Men Xitoydan ketishni o'ylamayapman. Bu erda mening ajoyib loyiham bor. Ammo men faoliyatimni yakunlash uchun "CHelsi"ga qaytishni xohlardim. U erda men ajoyib tarix yozdim. Men Premer-ligaga yoshligimda borganman, muxlislar o'shanda braziliyaliklarga unchalik ishonishmas edi. Men buni o'zgartirishga yordam berdim.
Qaytish paytim kattaroq bo'lgan bo'laman. Ammo yaxshi o'ynashim sababli, menda ajoyib statistika bor, menimcha "CHelsi"da menga joy bor", - deydi 29 yoshli braziliyalik.
Braziliyalik futbolchi 2012-2016 yillar davomida London klubida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar