"Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi": Azmun - 2, Inesta - 4-o'rinda, Masharipov esa...
04 jan 2021 19:59
Yangiliklar


"Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi": Azmun - 2, Inesta - 4-o'rinda, Masharipov esa...
"Fox Sports Asia" kanali 2020 yil yakunlariga ko'ra o'tkazilgan "Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi" nominaciyasi uchun ovoz berish natijalarini elon qildi.
Mazkur sovrin uchun ham Osiyo terma jamoalari, ham Osiyo klublarining o'yinchilari kurashdi. Birinchi o'rin "Tottenxem" forvardi Son Xyon Minga nasib qildi.
Kuchli beshlik quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Son Xyon Min ("Tottenxem") – 286 ball;
2. Serdar Azmun ("Zenit") – 89;
3. Junior Negao ("Ulsan Xenday") – 83;
4. Andres Inesta ("Vissel Kobe") – 44;
5. Yun Bit Garam («Ulsan Xenday») – 30.
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov esa ro'yxatning 22-pog'onasidan o'rin egallagan (4 ochko). Xorazmlik futbolchi "Liverpul" forvardi Minamino va "SHanxay SIPG" hujumchisi Xalkdan oldinroqqa joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar