Osiyo xabari. Keyrush terma jamoani Osiyo Kubogiga tayyorlaydi
23 iyu 2014 12:35
Yangiliklar
Osiyo xabari. Keyrush terma jamoani Osiyo Kubogiga tayyorlaydi
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush o'z lavozimida qoladigan bo'ldi.
Yaqinda Eron termasi ustozi Karlush Keyrush bilan tuzilgan shartnoma yangilandi. SHartlarga ko'ra portugaliyalik murabbiy 2018 yilgi jahon chempionatining oxiriga qadar forslarni boshqarishda davom etadi. O'zaro shartnomaning to'liq shartlari 1 avgust kuni malum bo'ladi.
Bu haqda Karlush Keyrush shunday dedi: “Eron futbol federaciyasi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldik. Menga bu erda ishlash yoqyapti va terma jamoani boshqarishda davom etmoqchiman”.
Portugaliyalik murabbiy boshchiligida eronliklar jahon chempionatida ishtirok etib, Nigeriya bilan 0:0 o'ynashdi hamda Argentinaga 0:1, Bosniyaga esa 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Endi forslarning bor etibori kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga qaratiladi. Terma jamoa oldiga qo'yilgan maqsad – musobaqada g'olib chiqish. Eron termasi “S” guruhida BAA, Bahrayn va Qatarga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar