Al-Sabax Umid Ahmadjonovni Lozannaga taklif qildi
28 apr 2018 21:47
Yangiliklar
Al-Sabax Umid Ahmadjonovni Lozannaga taklif qildi
Martabali mehmon bugun shuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga ham keldi. Al-Sabaxni MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilovlar kutib oldi. So'ngra tomonlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida mutasaddilar hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, o'zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, aloqalarini kengaytirish kabi masalalarga to'xtalib o'tishdi.
Umid Ahmadjonov martabali mehmonni tashrif bilan qutlar ekan, uni mamlakatimizda ko'rib turganidan xursand ekanligini takidlab o'tdi.
"Avvalo sizni O'zbekiston zaminida ko'rib turganimizdan benihoya xursandman. Osiyo sporti rivojlanishida, taraqqiy etishida sizning hissangiz juda katta. Buni biz juda yaxshi bilamiz. Biz o'zbek sportiga katta reja va maqsadlar bilan kirib kelganmiz. Ana shu rejalarni amalga oshirishda, qolaversa mamlakat sportida islohotlarni olib borishda yordamingizga va qo'llab-quvvatlashingizga ishonamiz. Yoningizda elkama-elka turib, xizmat qilishga ham tayyormiz. SHu jumladan, milliy sportimiz hisoblangan kurashni qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun Sizga alohida rahmat. Uni Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilishida siz va Haydar Farmonning hissasi katta ekanligini juda yaxshi bilamiz. SHu bilan birgalikda, endi kurashni kelgusi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilishida yordam bersangiz, bu biz uchun bir olam baxt bo'lar edi. Bundan judayam xursand bo'lardik. Bu borada sizning ko'magingizga ishonamiz. O'zbekistonga xush kelibsiz! Bilingki, O'zbekiston sizning ikkinchi uyingizdir", - dedi Umid Ahmadjonov.
O'z navbatida SHayh Ahmad Al-Sabax uchrashuv davomida o'zbek sporti ishonchli qo'llarda ekanligini aytib o'tdi.
"Siz bilan uchrashib turganimdan xursandman. Ochig'i, men ham o'z uyimga keldim deb hisoblayman. CHunki, bu mening O'zbekistonga ilk tashrifim emas. Bu erga kelganimda doimo o'zbek xalqining mehmondo'stligi bilan hayron qoldirishadi, bundan juda zavq olaman. SHuning uchun, men O'zbekistonni o'zimning ikkinchi uyim deb bemalol ayta olaman. O'zbek sporti ishonchli va mustahkam qo'llarda ekanligiga ishonchim komil. Sizning Paralimpiya milliy associaciyasi boshqaruvida amalga oshirgan ishlaringizni, tashkilotchilik borasidagi mahoratingizni juda yaxshi bilaman. SHu bilan birgalikda, Markaziy Osiyo futbol federaciyalari associaciyasi - CAFA'ga rahbar bo'lganingizdan ham benihoya mamnun bo'ldim. Mamlakatingiz sportchilarida salohiyat juda yuqori. Kurash deganda ko'z oldimga doimo O'zbekiston mamlakati keladi. Hamkorlikda katta yutuqlarga erishishimizga ishonaman. Takidlab o'tishni istardimki, siz yosh va g'ayratlisiz. Hali boshqaruvchi sifatida o'sishingiz kerak. Faqat O'zbekiston ichida qolmasdan, xalqaro sport tashkilotlari rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib, kelajakda u erdagi faoliyatingiz orqali O'zbekiston sportiga foyda keltirasiz deb ishonaman", - dedi shayh janoblari.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari esa o'zbek sportida ro'y berayotgan islohotlar, shuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasidagi yangiliklar hususida ham gapirib berdi. Bu borada Ispaniya futbol federaciyasi bilan memorandum imzolanganligi, Toshkentda "Real" akademiyasi filiali ochilayotganligi haqida malumot berdi. SHu bilan birgalikda, o'zbek sportida hali ko'plab yangiliklar, islohotlar qilinishini aytib o'tdi.
Suhbat davomida Al-Sabax Umid Ahmadjonovni 13-15 may kunlari SHveycariyaning Lozanna shahriga taklif etdi.
"Umid Mahamadjonovich, yaxshi bilasizki, SHveycariya 52 ta xalqaro sport tashkilotlarining bosh ofisilarini o'z ichiga olgan. Jumladan, Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Xalqaro futbol federaciyalari associaciyasi (FIFA) bosh qarorgohlari ham ushbu mamlakatda joylashgan. Lozannaga borsangiz, men albatta ushbu nufuzli xalqaro sport tashkilotlari, qolaversa, Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv tashkil etishda amaliy yordam beraman. Bu qaysidir manoda O'zbekistonda sportning yanada rivojlanishiga, yangi loyihalarning amalga oshishiga turtki bo'lib xizmat qilsa ajab emas", - dedi Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy Olimpiya qo'mitalari Associaciyasi rahbari.
Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov martabali mehmonlarga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'alarini topshirdi. SHayh Ahmad Al Sabax ertaga, 29 aprel kuni Toshkentdan Eron poytaxti Tehron shahriga jo'nab ketadi.
Fikrlar