So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Osiyo Kuboklarini xotirlab. Timur Kapazedan eng, eng, eng... Yangiliklar

Osiyo Kuboklarini xotirlab. Timur Kapazedan eng, eng, eng...

Futbolchilik faoliyati mobaynida to'rtta Osiyo Kubogida ishtirok etgan Timur Kapadze ushbu musobaqa bilan bog'liq xotiralarni yodga oldi.

Malumot uchun, Kapadze 2004, 2007, 2011, 2015 yilgi qita birinchiliklarida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan. Aytish mumkinki, Timur Kapadzening yorqin xotiralari faqat bitta musobaqa atrofida bo'ldi. 

Eng esda qolgan turnir

"Eng esda qolgan musobaqa deb 2011 yil Qatarda o'tkazilgan Osiyo Kubogini aytgan bo'lardim. Bu turnirda O'zbekiston milliy terma jamoasi eng yaxshi natijasini qayd etib, yakunda 4-o'rinni qo'lga kiritganmiz. O'ylaymanki, ko'pchilik muxlislarga ham Qatarda o'tgan musobaqa yoqqan".


Eng esda qolgan o'yin

- "Eng esda qolgan o'yin - 2011 yil Qatarga qarshi kechgan bahs. Bu musobaqaning ochilish uchrashuvi bo'lib, etibor yuqori edi. Ko'pchilik mezbonlarni favorit deb hisoblagan bir paytda biz 2:0 hisobida yutganmiz. Juda chiroyli o'yin bo'lgandi".


Eng esda qolgan g'alaba

- "Eng esda qolgan g'alaba sifatida ham 2011 yilgi bahsni aytaman. Guruhdan chiqqach Iordaniyaga qarshi maydonga tushgandik. Mana shu o'yinni hozirgacha unutmayman. Ulug'bek Baqoev ikkita gol urgan uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozonganmiz".


Eng alamli mag'lubiyat

- "Afsuski, eng alamli mag'lubiyat ham Osiyo Kubogi-2011da ro'y bergan. Musobaqaning yarim finalida Avstraliya bizni 6:0 hisobida mag'lub etgandi. Bu o'yin nihoyatda alamli mag'lubiyat sifatida yodda qolgan".


Eng chiroyli gol

- "Eng chiroyli va esda qolgan gol sifatida 2011 yilgi musobaqaning guruh bosqichi 3-turida Aleksandr Geynrix tomonidan Xitoy darvozasiga urilgan golni aytgan bo'lardim. 2:2 hisobida yakun topgan bahsda Geynrix juda chiroyli to'p kiritgandi".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика