So’nggi yangiliklar

10:08Терма жамоамиз етакчиси фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 09:41Ҳусанов жамоаси ҳужумдаги рақобатни кучайтириш мақсадида «Интер»дан ҳужумчи олди  0 09:15Вилоят ҳокими «Насаф» жамоаси аъзолари билан учрашди  4 08:47«Ўзимизга муаммо яратиб, қаҳрамонларча ғалаба қозондик». Вадим Абрамов Олмалиқдаги ғалаба ва қизил карточка вазияти ҳақида  1 08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  10 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  4 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  1 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  1 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3

Osiyo Kubogidagi raqamlar FOTO Yangiliklar

Osiyo Kubogidagi raqamlar FOTO

BAAda 28 kun davom etgan Osiyo Kubogiga kecha yakun yasaldi.

Yangi formatda, yani 24 jamoa ishtirokida o'tgan ilk musobaqada yangi chempion tug'ildi. O'z tarixida ilk marotaba finalga yo'llanma olgan Qatar hal qiluvchi bahslarda umuman yutqazmagan Yaponiyani mag'lub etishni uddaladi.

Yangi formatda o'tgan Osiyo Kubogida 4tadan jamoa 6 guruhga bo'linishdi. Guruhdan birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari hamda eng yaxshi to'rtta 3-o'rin egalari nimchorak finalga yo'l olishdi.

"A" guruhi: 1-o'rin:BAA, 2-o'rin: Tailand, 3-o'rin: Bahrayn
"B" guruhi: 1-o'rin:Iordaniya, 2-o'rin: Avstraliya
"C" guruhi: 1-o'rin:Janubiy Koreya, 2-o'rin: Xitoy, 3-o'rin: Qirg'iziston
"D" guruhi: 1-o'rin:Eron, 2-o'rin: Iroq, 3-o'rin: Vetnam
"E" guruhi: 1-o'rin: Qatar, 2-o'rin: Saudiya Arabistoni
"F" guruhi: 1-o'rin: Yaponiya, 2-o'rin: O'zbekiston, 3-o'rin: Ummon

Uchinchi o'rin bilan guruhdan chiqqan jamoalar: Bahrayn, Qirg'iziston, Ummon va Vetnam.

"E" guruhida uchinchi bo'lgan Livan terma jamoasining ko'rsatkichlari Vetnam bilan bir xil ko'rinishga keldi. Natija va ko'rsatkichlar bir xil bo'lib qolgani uchun feyr-pleyga murojaat qilindi. Yani, eng kam ogohlantirish olgan terma jamoaga ustunlik taqdim etilgani uchun Vetnam so'nggi soniyalarda nimchorak final yo'llanmasini hal etdi. Bu yo'lda Livanga KXDR bilan bo'lgan uchrashuvdagi sariq kartochkalar to'sqinlik qilib qoldi. SHuningdek, "B" guruhida 2 ochko bilan uchinchi bo'lgan Falastin ham o'z yurishini to'xtatishga majbur bo'ldi.

Guruhda qolib ketgan jamoalar ro'yxati: KXDR, Livan, Falastin, Suriya, Filippin, Turkmaniston, Yaman va Hindiston.

Uchinchi o'rin orqali nimchorak finalga chiqqan jamoalar ichidan faqatgina Vetnam chorak final masalasini hal etishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan jamoalar esa nimchorakdayoq to'xtashdi.


Malumot o'rnida (guruh bosqichi statistikasi):

Guruh bosqichida umuman gol o'tkazmagan jamoalar: Iordaniya, Eron, Janubiy Koreya va Qatar.
Eng ko'p gol urgan jamoa: Qatar (10)
Eng ko'p gol urgan futbolchi: Al Moez Ali (7)
Eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabon: Amir SHafi (15)
Guruhdagi barcha o'yinda g'alaba qozongan jamoalar: Yaponiya, Qatar va Janubiy Koreya
Umuman ochko olmagan jamoalar: Yaman, KXDR, Filippin, Turkmaniston
O'tkazilgan o'yinlar: 36
Urilgan gollar: 96 (o'rtacha: 2,67)
Muxlislar tashrifi: 370,287 (o'rtacha: 10,286)


Guruhda peshqadam bo'lgan jamoalar orasidan faqatgina Iordaniya chorak final masalasini hal eta olmadi.

Nimchorak final

Avstraliya - O'zbekiston 0:0 (penaltilar seriyasi: 4-2)
Iordaniya - Vetnam 1:1 (penaltilar seriyasi: 2-4)
Tailand - Xitoy 1:2
Eron - Ummon 2:0
Yaponiya - Saudiya Arabistoni 1:0
Qatar - Iroq 1:0
Janubiy Koreya - Bayhrayn 2:1
BAA - Qirg'iziston 3:2

CHorak final

Xitoy - Eron 0:3
Vetnam - Yaponiya 0:1
Janubiy Koreya - Qatar 0:1
BAA - Avstraliya 1:0

Yarim final

Eron - Yaponiya 0:3
Qatar - BAA 4:0

FINAL

Yaponiya - Qatar 1:3

Yarim finalga esa o'z guruhida peshqadamga aylangan jamoalar yo'l olishdi - Eron, BAA, Yaponiya va Qatar.

Qizig'i, Iordaniya terma jamoasi o'yinda umuman yutqazmagan holda musobaqani nimchorak finaldayoq tugatishga majbur bo'ldi. Vetnamga qarshi bahsda iordaniyaliklar penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishdi.


Osiyo Kubogi sohibiga aylangan Qatar terma jamoasi musobaqa davomida raqiblar darvozasini eng ko'p ishg'ol etdi - 19.


Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almoez Osiyo Kubogi to'purariga aylandi - 9 gol.

Qayd etish kerakki, Ali Almoez Osiyo Kubogi rekordchisiga aylandi. Bir musobaqada eng ko'p gol urgan eronlik hujumchi Ali Daining rekordini yangiladi. Ali Dai Osiyo Kubogi-1996da raqiblar darvozasini 8 marotaba "o'qqa" tutgandi. Ali Almoez esa o'tkazilgan 7 o'yinda 9ta gol kiritishni uddaladi.

Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Akram Afif ham fantastik samaradorlik ko'rsatdi. Afif musobaqada 10ta golga assistentlik qildi. Qita chempionatlari tarixida hali hech kim bunday ajoyib ko'rsatkich qayd etmagan.

Osiyo Kubogi-2019da umumiy hisobda 51 o'yin o'tkazildi va jami 130ta gol urildi. Bu har bir o'yinda o'rtacha 2,55 goldan to'g'ri keladi.


Osiyo Kubogi o'yinlarida jami 644307 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 12633 tomoshabindan to'g'ri keladi.

Qiziq fakt: O'zbekiston terma jamoasini Osiyo Kubogidan chiqarib yuborgan hech bir jamoa o'sha musobaqada g'oliblikni qo'lga kirita olmagan: (2004-Bahrayn, 2007-Saudiya Arabistoni, 2011-Avstraliya, 2015-Janubiy Koreya, 2019-Avstraliya)


Osiyo Kubogining eng yaxshi futbolchisi - Ali Almoez (Qatar)
Osiyo Kubogi to'purari - Ali Almoez (Qatar) 9 gol
Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni - Saad Al SHeeb (Qatar)


Osiyo chempioni - Qatar

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика