Osiyo Kubogida qatnashgan Tojikiston terma jamoasi yosh futbolchisi Gruziya chempionatiga yo'l oldi
19 fev 15:30
Yangiliklar
Osiyo Kubogida qatnashgan Tojikiston terma jamoasi yosh futbolchisi Gruziya chempionatiga yo'l oldi
Tojikiston terma jamoasi va "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Alijoni Ayni faoliyatini Gruziyada davom ettiradi.
Futbolchi "Samgurali" jamoasi bilan 2026 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
Alijoni o'tgan mavsum "Istiqlol" jamoasida harakat qilgandi. 19 yoshli o'yinchi Tojikiston MTJ bilan Osiyo Kubogida chorak finalga qadar etib borgan edi.
Eslatib o'tamiz, Alijoni Ayni Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi BAA bilan uchrashuvdan so'ng O'zbekistonga hurmat ko'rsatib, mamlakatimiz bayrog'ini ko'tarib olgan holda maydon bo'ylab yugurgan edi.
Fikrlar