Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi mavsumoldi taqdimot marosimini o'tkazdi

Alisher
28 may 2021, 17:58
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Yana bir necha kunlardan so'ng Farg'onada futbol bo'yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga bahslariga start beriladi. Shu munosabat bilan bugun mazkur chempionat ishtirokchisi - Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

Taqdimot marosimida Farg'ona davlat universiteti rektori Rahmatillo Shukurov, universitet prorektori Akmaljon O'rinov, Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vakili Farrux Zokirov, Farg'ona futboli namoyondalari Anvar Berdiev, Bahodir Shamsiddinov va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Joriy mavsumda o'z oldiga Ikkinchi liga g'olibligini maqsad qilib qo'ygan universitet jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqan mutassaddi rahbarlar "FarDU" futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, yakunda jamoaning viloyat birinchiligida g'olib bo'lgan xolda Birinchi liga musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.

Jamoa tarkibi: 1. Islombek Saydullaev, 12. Ulug'bek Abdumalikov, 14. Maqsadjon Rustamjonov, 4. Nozimjon Bobojonov, 5. Davronbek Qoraboev, 3. Muhsin Mahammadjonov, 7. Afolabi Oluvatosin, 8. Azizbek Fozilov, 9. Ulug'bek Ismoiljonov, 11. Muhammadqodir Ahmadjonov, 17.Abbos Salimjonov, 22. Mo'ydin Mamazulunov.

Jamoa bosh murabbiyi: Jasurbek Xamroqulov.


Bekzod Tolibov, Farg'onadan Championat.asia uchun maxsus


 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia