So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Osiyo Kubogi: Janubiy Koreya terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Janubiy Koreya terma jamoasi

Qita chempionati final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishtirishni Janubiy Koreya terma jamoasi bilan davom ettiramiz.
Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri, biroq Osiyo Kubogida 55 yildan buyon jamoa zafar qucha olmayapti. Oxirgi chempionatda koreyslar yarim finalda Yaponiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'yishgandi. 3-o'rin uchun uchrashuvda O'zbekistondan ustun kelgan jamoa saralash bahslarisiz Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

Jahon chempionatida Rossiya, Belgiya va Jazoir bilan bir guruhdan o'rin olgan Koreya juda yaxshi o'yin namoyish etmadi. SHunga qaramay, so'nggi yillarda tarkibni yoshartirish yuzasidan olib borilgan ishlar bugun deyarli yakunlangan. Terma jamoada yoshi 30dan o'tgan birgina futbolchining borligi Koreya ushbu tarkibi bilan kamida keyingi mundialgacha bo'lgan jarayonni bosib o'tishi mumkinligini bildirib turibdi.

Laqabi: "Tegu jangchilari"
Bosh murabbiyi: Uli SHtilike (Germaniya)
Sardori: Ki Sun Yun
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Xon Myun Bo (136)
To'purari: CHa Bum Kun (55)
FIFA reytingidagi o'rni: 69
Birinchi rasmiy o'yini: Gonkong - 5:1 (Gonkong, 1948 yil 6 iyun)
Eng yirik g'alabasi: Nepal - 16:0 (Inchon, Koreya, 2003 yil 29 sentyabr)
Eng yirik mag'lubiyati: SHveciya - 0:12 (London, Angliya, 1948 yil 5 avgust)

Jahon chempionatida 9 marta ishtirok etgan. 2002 yil 4-o'rinni egallagan. Osiyo Kubogida 12 bor qatnashib, 1956 va 1960 yillarda qita chempioni bo'lgan.

Bosh murabbiy germaniyalik afsonaviy futbolchi va murabbiy Uli SHtilikedir. U futbolchi faoliyatida “Borussiya” M va “Real” Madridda o'zini ko'rsatgan. Germaniya va Ispaniyada qatorasiga 6 marta milliy chempionatda zafar quchgan. 2 bor UEFA Kubogini va 1980 yil terma jamoa bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. 1982 yil jahon chempionati finalida uning termasi finalda Italiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Koreya terma jamoasini yozdan buyon boshqarib kelmoqda.

Ulrix SHTILIKE
Tug'ilgan sanasi:
15.11.1954
Tug'ilgan joyi: Ketsh, Germaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1972–1977 “Borussiya” M 109 (12), 1977–1985 “Real” Madrid 215 (41), 1985–1988 “Ksamaks” 66 (0).
Germaniya terma jamoasida 1975–1984 yillarda 42 o'yinda 3 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1989–1991 SHveycariya terma jamoasi, 1992–1994 “Ksamaks”, 1994–1995 “Manxeym”, 1996 “Almeriya”, 1998–2000 Germaniya terma jamoasida maslahatchi, 2000–2006 Germany (U19 / U20 / U21), 2006–2008 Kotd Ivuar terma jamoasi, 2008 “Son”, 2008–2010 “Al Arabi”, 2010–2012 “Al Sailiya”, 2013–2014 “Al Arabi”, 2014 yilning yozidan Janubiy Koreya terma jamoasida.
Sovrinlari: Germaniya chempioni - 1975, 1976, 1977, Germaniya Kubogi sohibi – 1973, UEFA Kubogi sohibi – 1975, 1985, Ispaniya chempioni - 1978, 1979, 1980, Ispaniya Kubogi sohibi - 1980, 1982, SHveycariya chempioni - 1987, 1988, Evropa chempioni – 1980, jahon chempionati kumush medali sohibi – 1982.

Koreyslarning asosiy o'yinchilari sifatida darvozabon Jun Syon Ryon, himoyachi CHa Du Ri, Kvak Tay Xvi, Germaniyada o'ynayotgan Kim Jin Su va Park Ju Xo, yarim himoyachilar Ki Sun Yun, Son Xyon Min va hujumchi Li Kyun Xoni keltirish o'tish mumkin. Darvozabon Ryon deyarli 10 yildan beri asosiy posbonlik vazifasini bajarib kelmoqda. U qo'pol xatolarga yo'l qo'ymaydi. Himoyada tajriba jihatidan boshqalarga o'rnak bo'ladigan CHa Du Ri va Kvak Tay Xvi maydondagi harakatlari bilan ham ularga namuna bo'la olmoqda. “Suonsi”da APLning barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan Ki Sun Yun o'z poziciyasida Angliyada etakchilardan biriga aylangan. Son Xyon Min esa yarim himoyachi bo'la turib, “Bayer” uchun shu mavsumning o'zida 26 bahsda 10 gol urishga ulgurdi. Ushbu futbolchilar Koreyaning etakchilari bo'lishiga shubha yo'q.

Tarkibdagi 23 o'yinchidan 18 nafari xorij chempionatlarida to'p tepadi. 12 nafari Osiyoda va 6 nafari Evropada. Legionerlar ko'pligi va ularning bandligi sababli jamoa to'liq yig'inga endigina kirishdi. CHunki 12 nafar futbolchisiz yig'in o'tkazishdan mano yo'q edi. Koreya Avstraliyaga g'oliblikni ko'zlagan holda tashrif buyurmoqda.


Terma jamoa tarkibi

Darvozabonlar

Jun Sun Ryon

64

0

Suvon  Blyuingiz

Kim Jin Xyon

4

0

Serezo Osaka, Yaponiya

Kim Syon Gyu

7

0

Ulsan Xyunday

Himoyachilar

CHa Du Ri

70

4

Seul

Jan Xyun Su

7

0

Guanchjou RF, Xitoy

Kim CHan Su

13

0

Kashiva Reysol, Yaponiya

Kim Jin  Su

9

0

Xoffenxaym, Germaniya

Kim Ju Yon

4

1

SHanxay, Xitoy

Kim Yon Gvon

29

1

Guanchjou Evergrand, Xitoy

Kvak Tay Xvi

37

5

Al Hilol, Saudiya Arabistoni

Park Ju Xu

17

0

Maync, Germaniya

Yarim himoyachilar

Li Myun Ju

12

1

Al Ayn, BAA

Kim Sun Yun

66

5

Suonsi, Angliya

Xan Kuk Yon

18

0

Qatar SK, Qatar

Son Xyon Min

34

7

Bayer, Germaniya

Kim Min Vu

9

1

Sagan Tosu, Yaponiya

Ku Ja CHol

42

13

Maync, Germaniya

Nam Tay Xi

16

1

Lahviya, Qatar

Xan Kyo Von

4

1

CHonbuk Motors

Li CHyon Yon

64

6

Bolton, Angliya

Hujumchilar

CHo Yon CHol

10

0

Qatar SK, Qatar

Li Kyun Xo

70

19

Al Jaish, Qatar

Li Jun Xyup

0

0

Sangju Sangmu

 
Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика