
Janubiy Koreya turnirda bundan oldingi o'yinlarda birorta ham gol o'tkazib yubormagan edi. So'nggi bor koreyslar 2011 yilgi Osiyo Kubogida 3-o'rin uchun bahsda O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Aleksandr Geynrix 54-daqiqada Jung Sung Ryong qo'riqlagan darvozaga gol urgan edi. Janubiy Koreyaning qita chempionatidagi quruq seriyasi 530 daqiqada yakuniga etdi.