Osiyo kubogi. Tojikistonnig tarixiy o'yinida kim hakam bo'ladi? U yaqinda "Nasaf" va "Manchester Siti" o'yinlarini boshqardi
11 jan 18:30
Yangiliklar
Osiyo kubogi. Tojikistonnig tarixiy o'yinida kim hakam bo'ladi? U yaqinda "Nasaf" va "Manchester Siti" o'yinlarini boshqardi
13 yanvar kuni "A" guruhidan o'rin olgan Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogi tarixidagi o'zining birinchi uchrashuvini o'tkazadi. Xabaringiz bor, Tojikiston Osiyo kubogi debyutanti hisoblanadi. Xitoyga qarshi kechadigan bahsda saudiyalik Muhammad Holid Al Xoish bosh hakam bo'ladi. Mazkur hakam noyabr oyida OCHL doirasidagi "Nasaf" - "SHarja" (1:1) uchrashuvida ishladi. Bundan tashqari dekabr oyida Saudiya Arabistonida o'tgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida "Urava Reds" - "Manchester Siti" (0:3) uchrashuvida bosh hakam bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Xitoy - Tojikiston uchrashuvi 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30da "Abdulloh bin Halifa" stadionida boshlanadi.
Osiyo kubogi, 1-tur
Xitoy - Tojikiston
13 yanvar 2024 yil. "Abdulloh bin Halifa" stadioni. 19:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Muhammad Holid Al Xoish (Saudiya Arabistoni)
Qanot hakamlari: Halaf Zayid Al SHammari va Yosir Abdulloh Al Sulton (ikkalasi Saudiya Arabistoni)
Zaxira hakami: Nazmi Nasaruddin (Malayziya)
VAR: Holid Solih Al Turaish (Saudiya Arabistoni)
VAR assistenti: Abdulloh Jamoli (Kuvayt)
Beshinchi hakam: Zairul Halil Tan (Malayziya)
China |
Asian Cup Grp. A . 1-tur 13/01/2024, 19:30 0
:
0
Tugadi
|
Tajikistan |
Stadion: Abdullah bin Khalifa Stadium, 4001 tomoshabin
Fikrlar