So’nggi yangiliklar

14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi bilan xayrlashmoqda. Yana penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi bilan xayrlashmoqda. Yana penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik

Osiyo kubogining chorak finalida O'zbekiston - Qatar bahsi yakunlandi.

Osiyo Kubogi-2023 | 1/4 final03.02.2024 | 20:30 (Toshkent vaqti)
QATAR – O'ZBEKISTON 1:1 pen (3:2)

Gol: 27 - O'tkir Yusupov (avtogol ), 59 - Odil Hamrobekov
“Al-Bayt” stadioni, Al-Hor shahri
Bosh hakam
: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
Qanot hakamlari: Yon Jae Yol, Park Sang Jun (ikkisi Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Abdulla Jamali (Quvayt)
VAR: Kim Jong Xeok (Janubiy Koreya)
AVAR: Ahmad Alali (Quvayt)
O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiev ( Zafarmurod Abdirahmatov, 99), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (s), 11. Oston O'runov (SHoxboz Umarov, 74), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg'unboev (Muhammadqodir Hamraliev, 106), 22. Abbosbek Fayzullaev ( Xojimat Erkinov,114), 18. Abdulla Abdullaev.
Zaxira: Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev,Bobir Abdixoliqov, Jamshid Boltaboev, Jamshid Iskanderov, Aziz Amonov, Hojiakbar Alijonov, Diyor Xolmatov .
Qatar: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korrea, 3. Al Mahdi Ali Muhtor, 4. Muhammad Vaad Al Bayati (18. Sulton Al Burayk, 108), 12. Lukas Mendes, 5. Tariq Salmon , 10. Hasan Al Haydos (Holid Mazii, 54), 11. Akram Afif, 19. Almoez Ali, 20. Ahmad Fathi (23. Mustafo Tariq Mashal, 103) Abdulla, 24. Jassim Jobir Abdusallam (6. Abdul Aziz Hatim, 80).
Zaxira: 1. Saad Al SHib, 25. Ahmad Al Ganexi , 7. Ahmad Alaadin, 9. Yusuf Abdurisag, 8. Ali Asad, 16. Bualem Xuxi, 21. Salah Zakariya, 17. Ismail Muhammad, 25. Ahmad Alg'oni.
Ogohlantirish: 47 - Meshal Barsham, 69 - Otabek SHukurov, 79 - Srechko Katanec, 89 - Holid Mazii, 90 -Rustam Ashurmatov, 90+1 - Almoez Ali, 105 - Pedro Korrea


YANGILASH


BUGUNGI UCHRASHUVNI USHBU HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN



UCHRASHUV YAKUNLANDI. BUGUN BOR KUCHIMIZ BILAN O'YNADIK, BOLALAR MAKSIMAL DARAJADA O'YNADI. BIROQ PENALTILAR SERIYASI - LOTOREYA.

BARCHASI YUSUPOVDAN! Pedro Korrea QATARNI YARIM FINALGA OLIB CHIQDI

Beshinchi zarba Masharipovda. JALOLIDDIN NIMALAR QILDI. AHMOQLIK. NEGA BUNDAY ZARBA

Sulton Al Burayk hisobni tenglashtirdi

Afsus, Zafarmurodning zarbasini darvozabon qaytardi

Al Mahdi Ali Muhtor to'p yonida. AJOOOOOYIB, MUXTOR TO'PNI OSMONGA TEPDI

Yusupov bizga ishonch bermoqda. To'p yonida Umarov. GOOOOOOOOOOOL. SHAHBOOOOOZ

YUSUPOOOOOOVDAN SEYV. Almoez Alining zarbasini darvozabonimiz olib chiqdi

Endi navbat ASHURMATOVGA, DARVOZABON QAYTARDI

Gol. Afif ham gol urmoqda

ENDI NAVBAT YUSUPOVGA. AFIF TO'P YAQINIDA...

GOOOOOOOOOOOL. SHUKUROV startni ajoyib amalga oshirdi

Biz birinchi bo'lib boshlaymiz, to'p yaqiniga SHukurov. Qani Otabek, haqiqiy etakchilardek harakat qilib, bizga ishonch ber 

BUGUN BIZ YARIM FINALGA HAQLI O'YIN KO'RSATDIK. OXIRGI NUQTANI QO'YISH VAQTI KELDI

Futbolning eng asabiy va eng qiyin vaziyatiga etib keldik. Futbolchilarimizga omad tilaymiz, Yusupovdan seyvlarni.

TUGADI. ENDI NAVBAT PENALTILAR SERIYASIGA

Hakam uch daqiqa qo'shib berdi

119. O'yining oxiri biz uchun asabiy o'tmoqda. Alining uzatmasini Xamrobekov to'pni burchakka chiqarib yubordi

117. Umar xatoga yo'l qo'ydi, Almoez Alining zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Yigitlar uchrashuvning oxirida bunday ishlar qilmaylik

115. Qatarliklar hujum tashkil etishga harakat qilishmoqda, biroq Ali ofsaydda qoldi

114. O'zgarish: Fayzullaevning o'rniga Xojimat tushdi. Bugun qatarlik himoyachilar Abbosni ajoyib tarzda qo'riqlashdi

111. Xojimat Erkinov maydonga tushmoqda. Bizga ayni damda aynan shunday tezkor futbolchilar kerak.

109. Umarov darvozabon bilan birga bir qochib ketishi mumkin edi. Lukas Mendes esa to'pni ajoyib tarzda olib qo'ydi. Har ikki futbolchi shifokorlar yordamiga muxtoj

108. O'zgarish: Sulton Al Burayk maydonga tushdi, u Muhammad Vaad Al Bayatini alishtirdi

106. O'zgarish: Turg'unboev maydoni tark etdi, uning o'rniga Muhammadqodir Hamraliev maydonga tushadi. Yosh himoyachimiz uchun ham bu turnirdagi debyut o'yini

BOSHLANDI

Yana 15 daqiqa qoldi, bizga gol kerak. Bizga penaltilar seriyasi umuman kerak emas. Penaltilaga obormasdan yutish kerak. OLG'A O'ZBEGIM!

Birinchi qo'shimcha bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi ekstra-taymga 3 daqiqa qo'shib berdi

105. Ogohlantirish: Abbos Pedroni qiynab tashladi va bunga chidolmagan qatarlik futbolchimizga nisbatan juda qo'pol o'ynadi

104. O'zgarish: Ahmad Fathi maydoni tark etdi, uning o'rniga Mustafo Tariq Mashal maydonga tushdi. Bizda ham hujumni kuchaytiradigan futbolchilar bor, jamoamiz bosh murabbiyi qachon o'zgarish amalga oshirar ekan

101. Birinchi 15 daqiqalik bo'limda to'liq ustunlik raqibda desak bo'ladi. Endi Qatar terma jamoasi burchak zarbasiga ega bo'ldi

99. O'zgarish: Sayfiev jarohat oldi va uning o'rniga Abdiraxmatov maydonga tushdi, Biz uchun yana bir muammo paydo bo'lmoqda. Turg'unboev qanotini o'zgartiradi

99. Qatarliklarning hujumlari xavflilashib bormoqda. Baxtimizga raqib fubolchisi ofsaydda

96. Sayfiev jarima maydonchamizning ichida yotibdi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatmoqda 

95, YUSUPOOOOOVdan navbatdagi seyv. Darvozabonimiz to'pni bartaraf etmoqda. Mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'ldi

93. Masharipovning jarimadan yo'llagan uzatmasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. To'p bizda, ustunlik bizda. Hujumda Fayzullaev qo'pollik ishlatdi

92. Sayfiev to'pni Fayzullaevga uzatdi. Yarim himoyachimiz burchak zarbasini ishlab oldi. To'p oldida Masharipov

Birinchi ekstra-taym boshlandi

Ilk ekstra-taym boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Bizni qo'shimcha 30 daqiqa kutmoqda.

Olg'a O'zbekiston, biz oxirgacha kurashib, mezbonlarni turnirdan chiqarib yuboramiz

Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi. Bizni endi 2 ta qo'shimcha bo'limlar kutmoqda

90+12. Uchrashuvning so'nggi soniyalari yonmoqda. Umarovning to'pni to'xtatmasandan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

90+11. Afif nimalar qilmoqda. Qatarlik futbolchi sardorimizdan juda osonlik bilan o'tib ketdi va zarba yo'lladi. Baxtimizga zarbaga ozgina aniqlik etishmadi

90+10. Afif bugun himoyachilarimizni ancha qiynamoqda, ikki nafar himoyachimiz birgalikda to'pni burchakka chiqarib yubordi

90+8. Abbosbek Fayzullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi



90+1. Ogohlantirish: Almoez Ali Yusupovning to'p uzatishga qarshilik qildi va hakam tomonidan ogohlantirildi

Hakam ikkinchi bo'limga 12 daqiqa qo'shib berdi

90. Ogohlantirish: Rustam Ashurmatov ham ogohlantirildi

89. Ogohlantirish: Holid Mazii qo'polligi uchun hakam unga sariq ko'rsatdi

85. Sardorimiz himoyada yaxshi harakat qildi, Ali esa Jaloliddinning oyog'iga kuchli zarba yo'lladi

80. O'zgarish: Abdusallamning o'rniga Xatim maydonga tushdi

79. Ogohlantirish: Srechko Katanec hakamning qaroridan norozi bo'lgani uchun ogohlantirildi

Uchrashuvni bevosita stadiondan 58,791 ta muxlis tomosha qilmoqda

74. O'zgarish: Umarov turnirdagi debyut o'yinida maydonga tushmoqda. U Fayzullaevni alishtirdi

69. Ogohlantirish: Otabek SHukurov hakam tomonidan ogohlantirildi. Agar keyingi bosqichga yo'l olsak, SHukurov o'ynamaydi

65. Masharipov Ostonni birga bir chiqarib yuborishga harakat qildi, darvozabon o'z o'rnida

65. Mayda qo'polliklar ko'paymoqda.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. ODILBEK HAMROBEKOV HISOBNI TENGLASHTIRDI . BIZ QAYTDIK, QAYTGANDA HAM ENDI QATARLIKLARGA YOMON BO'LADI


 

58. Otabek SHUKUROOOOOV. Yana ozgina aniqlik etishmadi yarim himoyachimizning zarbasiga

55. ZARBAAAAA. Masharipovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Ozgina etmadi

54. O'zgarish: Hasan Al Haydosning o'rniga Holid Mazii tushdi

52. Ahmad Fathi Abdulla o'z darvozasiga to'pni joylab qo'yishi mumkin edi

48. ZARBAAAA. Masharipovning zarbasini darvozabon qaytardi

48. Qizil «otmen» 

VAR Barshamga qizil berish yoki bermasligini tekshirmoqda. Umid qilamizki, hakamlar darvozabonga qizil ko'rsatadi 

47. Ogohlantirish: Meshal Barsham ogohlantirildi

 

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

42. Urunov yaxshi harakat qilmoqda. Uning zarbasini darvozabon ushlab oldi

41. Yusupovdan super seyv. Al Mahdi Ali Muhtorning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabonimiz qaytardi

36. QANDAY? QANDAY QILIB. Oston hammasini qildi, u shunday uzatma berdiki, bu vaziyatdan foydalanmaslikning iloji yo'q edi. Biroq Turg'unobevning zarbasini himoyachi boshi bilan qaytarmoqda

31. ZARBAAA. SHukurovning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi



27. Gol. Hasan Al Haydos hisobni ochdi. Savol. Darvozabonimiz nima qildi hozir?

23. Hozircha har ikki jamoa himoyaga etibor qaratmoqda



19. Umar Eshmurodov himoyamizdagi xatolarni tozalashda davom etmoqda

13. Jamoamiz uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini amalga oshirdi. MEzbonlar himoyasi yaxshi harakat qildi

11. Akram Afifni himoyachilarimiz «yo'qotib qo'yishdi». Baxtimizga Yusupov zarbani qaytardi

6. Muhammad Vaad Al Bayati Turg'unboevga nisbatan qo'pol o'ynadi, biroq hakam jim

4. Qatarliklar uchrashuvning boshida ustunlikka erishishga harakat qilmoqda. Hozircha jamoamiz yaxshi himoyalanmoqda



UCHRASHUV BOSHLANDI!


Qatar

Hassan Al Haidos - 27', Akram Afif - 121', Sultan Al Brake - 121', Pedro Miguel - 121'

Asian Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

03/02/2024, 19:30

3
:
4
Tugadi

Uzbekistan

Odildzhon Khamrobekov - 59', Otabek Shukurov - 121', Shakhboz Umarov - 121'

Stadion: Al Bayt Stadium, 58791 tomoshabin

45'
90'
120'
27'  Hassan Al Haidos
46'  Meshaal Barsham
54'  Hassan Al Haidos (Khalid Muneer Mazeed)
80'  Jassem Gaber (Abdulaziz Hatem)
89'  Khalid Muneer Mazeed
90'  Almoez Ali
91'  Tarek Salman (Ismael Mohammad)
104'  Ahmed Fathi (Mostafa Meshaal)
105'  Pedro Miguel
108'  Mohammed Waad (Sultan Al Brake)
59'  Odildzhon Khamrobekov
59'  Oston Urunov
69'  Otabek Shukurov
74'  Oston Urunov (Shakhboz Umarov)
79'  Srecko Katanec
90'  Rustamjon Ashurmatov
99'  Farrukh Sayfiev (Zafarmurod Abdirahmatov)
106'  Azizbek Turgunbaev (Mukhammadkodir Khamraliev)
114'  Abbosbek Fayzullayev (Khozhimat Erkinov)

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика