So’nggi yangiliklar

17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  0 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  1 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  1 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  0 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4 14:36"Ливерпуль" "Хоффенхайм" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 14:09"Челси" икки ҳужумчиси билан хайрлашади  1 13:3610 йил ичида трансферлардан максимал фойда кўрган клублар  4 13:11"Интер" келаси мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 12:45Артета Жезусни мақтади  3 12:28"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Ҳожиакбаров Муҳаммад Али  0 12:00"Байер" мавсумга фаворит сифатида киради"  3 11:34"Манчестер Сити" янги меҳмон либосини тақдим этди  4

Osiyo Kubogi. Tailand - Hindiston. O'yindan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Tailand - Hindiston. O'yindan oldingi matbuot anjumani

Ertaga "A" guruhining 1-turidan o'rin olgan Tailand - Hindiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin Abu Dabi shahridagi "Al Nahyan" stadionida o'tkaziladi. Hindiston qita birinchiligida oxirgi marta 2011 yil ishtirok etgan. O'shanda jamoa guruhdagi har uchala o'yinda imkoniyatni boy bergan. Tailand esa so'nggi marta 2007 yil musobaqada qatnashgan.

Bugun tashkil etilgan o'yindan oldin matbuot anjumanida Hindiston terma jamoasi ustozi Stefen Konstantin quyidagi fikrlarni bildirdi: "Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Tailand juda yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. Ammo biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va ertangi bahsda shuni ko'rsatishni xohlaymiz. Men jamoam bosim ostida deb ayta olmayman. Biz g'alaba qozonishni istaymiz, chunki Hindiston xalqining terma jamoadan umidi katta".

Malumot uchun, angliyalik murabbiy to'rt yildan beri Hindistonni boshqarib kelmoqda. Aytish mumkinki, uning qo'l ostida hindlar yaxshi o'yin namoyish etishmoqda.

"O'tgan to'rt yil ichida avvalo ruhiyatni o'zgartirishga harakat qildik. Avvallari Hindiston ko'p gol o'tkazib yubormaslik uchun o'ynardi, endi bo'lsa g'alaba uchun maydonga tushyapti. O'ylaymanki, bu ham mashaqqatli mehnat samarasi. Biz har kuni tinmay mehnat qilyapmiz", - deydi hindlar ustozi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismiga Tailand terma jamoasi ustozi Milovan Rayevac ishtirok etdi. "Birinchi uchrashuv har doim muhim, - deydi tailar bosh murabbiyi. - Ayniqsa bunday katta turnirda g'alaba qozonish jamoaga yoqimli tasir qiladi. Men raqibni hurmat qilaman, lekin imkoniyat ko'proq biz tomonda deb o'ylayman. CHunki biz musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'ylaymanki, BAA va Bahrayn bilan kechadigan uchrashuvlarda ham yaxshi harakat qilamiz".


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика