So’nggi yangiliklar

09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2

Osiyo Kubogi: Quvayt terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Quvayt terma jamoasi

Osiyo Kubogi qatnashchilari toifasida Quvayt terma jamoasi haqida malumotlardan sizlarni xabardor qilib o'tamiz.
Quvayt sovrinlarga ega chiqish bo'yicha arab jamoalari ichida eng nomdorlaridan biridir. Quvayt va Saudiya Arabistoni umumiy gegemonlik borasida jiddiy raqobatda bo'lib kelishadi. Ular o'rtasidagi bahslar Ko'rfaz derbisi sifatida etirof etiladi. Hozirgacha quvaytliklar 1972 yil Osiyo Kubogini qo'lga kiritishgan. Ko'rfazda esa 10 bor boshqalardan kuchliroq ekanliklarini isbotlashgan. Ayni paytda bu jamoa o'rtacha saviyada o'yin namoyish etmoqda. Lekin taktik tarafdan yaxshi o'yin ko'rsatishi sababli istalgan raqibni bir uchrashuvda mushkul ahvolga tushirib qo'yishi mumkin. Ular guruhda Avstraliya va Koreyaga imkoniyatni shunchaki boy berib qo'yishmaydi.

Quvayt terma jamoasi
Laqabi:
“Al Azraq” (“ko'klar”)
Bosh murabbiyi: Nabil Malul (Tunis)
Sardori: Navaf Holdi
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Badir Al Mutva (149)
To'purari: Bashar Abdulloh (75)
FIFA reytingida o'rni: 124
Birinchi uchrashuvi: Liviya – 2:2 (Marokash, 1961 yil 3 sentyabr)
Eng yirik g'alabasi: Butan – 20:0 (Quvayt, 2000 yil 14 fevral)
Eng yirik mag'lubiyati: BAA – 0:8 (Marokash, 1961 yil 4 sentyabr), Portugaliya – 0:8 (Portugaliya, 2003 yil 19 noyabr)
1982 yil jahon chempionatida ishtirok etgan. Osiyo Kubogida 9 marta qatnashib, 1972 yil chempionga aylangan. Ko'rfaz Kubogida 10 marta (1970, 1972, 1974, 1976, 1982, 1986, 1990, 1996, 1998, 2010) g'alaba qozongan.

Bosh murabbiy tunislik Nabil Maluldir. U oxirgi yillarda Tunis terma jamoasi va Qatarning “Al Jaish” klubida ish olib bordi. Hozircha murabbiy sifatida aytarli yutuqlarga erishmadi. Osiyo Kubogida unda o'zini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi tabiiy.

Nabil Malul
Tug'ilgan sanasi:
25.07.1962
Tug'ilgan joyi: Tunis
Futbolchilikdagi poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1981–1989 “ES Tunis”, 1989–1991 “Gannover”, 1991–1994 “ES Tunis”, 1994–1995 “Bicert”, 1995–1999 “Afrikain”, 1999–2000 “Al Ahli”.
Tunis terma jamoasida 11 o'yinda maydonga tushgan.
Boshqargan jamoalari: 2011–2013 “ES Tunis”, 2013 Tunis terma jamoasi, 2014 “Al Jaish”. 2014 yildan Quvayt terma jamoasida ish boshladi.

Quvaytning asosiy futbolchilari sifatida darvozabon Navaf Holdi, himoyachi Musaed Neda va Hussayn Fadhel, hujumchilar Badir Mutva va Yusuf Nosirni ko'rsatish mumkin. Ayniqsa, Nosir terma jamoa 48 uchrashuvda 30 to'p kiritgani etiborga molik. Mutva esa yaxshi hujumchi va to'purar ekanligini turli o'yinlarda namoyish etib bo'lgan.


Darvozabonlar

1. Holid Rashidi

12

0

Al Salmiya

22. Navaf Holdi

100

0

Al Qadsiya

23. Hamid Yusuf

6

0

Al Arabi

Himoyachilar

2. Amir Fadhel

14

0

Al Qadsiya

3. Fahad Avad

27

2

Quvayt SK

4. Hussayn Fadhel

43

2

Al Vahda, BAA

5. Fahed Hajri

14

0

Al Qadsiya

13. Musaed Neda

70

15

Al Oruba, Saudiya Arabistoni

18. Holid Ibrohim

5

0

Al Qadsiya

Yarim himoyachilar

6. Holid Qahtoni

14

0

Al Qadsiya

7. Talal Fadhel

0

0

Kazma

8. Solih SHeyx

39

1

Al Qadsiya

9. Abdulloh Buraiki

10

1

Quvayt SK

10. Abdulaziz Enazi

7

0

Al Qadsiya

11. Fahad Ansari

21

1

Al Qadsiya

12. Sulton Enazi

15

0

Al Qadsiya

14. Talal Amir

21

0

Al Qadsiya

16. Faysal Zayd

1

0

Jahra

Hujumchilar

15. Faysal Enazi

0

0

Al Salmiya

17. Badir Mutva

141

46

Al Qadsiya

19. Abdulrahmon SHammari 

2

0

Al Nasr

20. Yusuf Nosir

48

30

Kazma

21. Ali Maqsud

26

4

Al Arabi



Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика