So’nggi yangiliklar

10:06Владимир Бубанья: “Финални кўтаринки кайфият билан кутяпман”  0 09:19Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 08:45Sofascore. Кечаги учрашув учун "Пахтакор" футболчилари неча баҳо олишди?  0 08:17"1:6"! Ҳисоб ўйинга мос бўлмаган Аргентина - Қозоғистон учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 07:40"Реал Мадрид"нинг яна бир етакчиси жароҳат олди  2 07:10Элит Чемпионлар лигаси. 36 ёшли Драган Черан "Пахтакор"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  5 02:24Германиялик болалар футболи бўйича мутахассис “Шўртан” футбол клубига келди  1 01:31Қозоғистон устози: "Футзалда ҳаёт шундай – бугун сен зўрсан, уч кундан кейин эса йўқ"  0 01:21ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Ал Аҳли" меҳмонда ғалаба қозонди, Машарипов жамоаси мағлуб бўлди, "Ал Насср" Роналдунинг голи эвазига зафар қучди (+жадвал)  1 00:37Винисиус Кокега: "Менда иккита ЧЛ соврини бор, сенда ҳеч нарса"  14 23:57Ғалабани "ўзгача" нишонлаган ва жазоланган Мартинес: "Бу ҳақоратли ҳаракат деб ўйламагандим"  7 23:31Камолиддин Тожиев: "Эронга ижобий натижа учун келган эдик"  14 23:08Маттеус: "Бу мен кўрган энг кучли "Бавария"  7 23:00Футзал бўйича ЖЧ 1/4 финал. Қўшниларимиз ҳимояланишдаги қўпол хатолар сабаб мусобақани тарк этишди  9 22:54Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" сафарда "Персеполис" билан дуранг ўйнади, мезбонлар сафида Ўрунов захирадан майдонга тушди  191

Osiyo Kubogi: Juda ham qiyin o'yinda Ummonni mag'lub etdik Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Juda ham qiyin o'yinda Ummonni mag'lub etdik

Osiyo Kubogining "F" guruhi doirasidagi O'zbekiston - Ummon uchrashuvi tafsilotlari bilan to'liq formatda tanishtirib boramiz.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+5. O'YIN TUGADI! O'zbekiston Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi! G'alaba muborak! 

90+4. ZARBA! Nesterov jarima to'pidan yo'llangan zarbani qaytarishga erishdi! 

90+2. QIZIL KARTOCHKA! Egor Krimec birga bir ketayotgan raqibni qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun maydondan chetlatildi

90. UXXXX! Bosh hakam hozir bizning darvozaga penalti belgilashi mumkin edi, ammo shukurki unday bo'lmadi

89. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. SHomurodov jarima maydoniga kirib borib chap oyoqda yaqin burchakni aniq nishonga oldi - 1:0. Etiborlisi unga to'pni zaxiradan maydonga tushgan Ikrom Aliboev bergandi.

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 

83. "SHarja" stadionida jonli to'lqin, bu ajoyib

82. O'zgarish. O'zbekiston. Marat Bikmaev o'rniga Eldor SHomurodov tushdi

82. Kuper Eldor SHomurodovni maydonga tushirishga qaror qildi. U Bikmaevni almashtiradimi yoki vabank ko'ramizmi?

80. Bugungi o'yinni stadiondan 9424 nafar muxlis tomosha qilmoqda

79. O'zgarish. O'zbekiston. Jaloliddin Masharipov o'rniga Ikrom Aliboev tushdi. Bugun Ikromning tug'ilgan kuni

78. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! HAMDAMOVDAN AJOYIB ZARBA! Darvozabon ham ajoyib o'ynadi!

75. Ummonliklarga durang etarli emas, ular yana hujumda, tinmay hujumga o'tishmoqda, Nesterov doim ham qutqaravermaydi yigitlar.

74. Gapni ochig'i, Ummon bu golga haqli edi. Juda ko'p hujum uyushtirishdi va mevasini olishdi. Biz esa hujum haqida o'ylayotganimiz yo'q

73. GOL! 1:1. Muhsin Al Gassani hisobni tenglashtirdi. Hozirgina maydonga tushgandi. Himoyachilarimiz suniy o'yindan tashqari holatni yuzaga keltirishda qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. 

71. Terma jamoamiz butkul qarshi hujum taktikasida o'ynamoqda. Hisob shuni taqazo qilmoqda

69. Bosh hakam haqida ikki og'iz: Raqib kichkinagina Sidiqovni qo'li bilan bo'g'ib to'pni olib qo'ydi, unga sariq ham yo'q.

67. Ummon yana bir jarima to'piga ega bo'ldi, xayriyat bu safar ham to'p oshirilgan joyda hech kim yo'q. Biroq Ummoning hujumlari to'xtay demayapti!

65. ZARBAAA! Jamilning kuchli zarbasi darvozaga emas burchak tomon ketdi, yaxshi.

63. O'yin davom etadi, xayriyat Nesterov o'yinni davom ettiradigan bo'ldi

61. ZARBA! Xaribning kuchli zarbasini Nesterov qaytardi. Bu vaziyatda u barmog'ini shikastlab oldi. SHifokorlar Ignatiyga yordam ko'rsatishmoqda.

60. Muxlislar bilmasligi mumkin kecha Dostonbek Hamdamovning dodasi Hamdam ota vafot etdilar. Bugun Dostonbek o'zida iroda topib maydonga tushdi. Bardam bo'l Dostonbek, o'zbek xalqi sen bilan!

59. O'zgarish. O'zbekiston. Sardor Rashidov o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi

58. Ogohlantirish. Ignatiy Nesterov. Bosh hakam g'alati qaror chiqardi, u darvozabonimiz vaqt cho'zayapti deb hisobladi, 58-daqiqadaya?

Ayni paytda Pim Verbek


56. Ummonning uzoooq davom etgan hujumini himoyaga qaytgan Marat Bikmaev to'xtatdi, faqat qoida buzib. Bizning darvozaga xavfli, judayam xafli jarima to'pi! Nesterov senga ishonamiz!

52. UXXXXXXXXXXXXXX! Ummonning xavfli hujumi, darvozamizga berilgan to'pga Masharipov o'zini qalqon qildi! Barakalla! 

51. Raqib burchak to'pini amalga oshirdi, yana himoyachilarimiz qiynalib to'pni qaytarishdi.

50. Ummon ikkinchi taymning dastlabki besh daqiqasini faqat hujumda o'tkazdi, bunday o'ynash yaramaydi yigitlar! 

Odil Ahmedov tomonidan urilgan gol Davron Hoshimovning kecha tug'ilgan qizalog'iga bag'ishlandi.


46. Ikkinchi taym boshlandi! OLG'A O'ZBEKISTON!


Birinchi taym tugadi. Hozircha O'zbekiston 1:0 hisobida oldinda

45+1. UXXXXXXXXXXXXX! Ummonliklar gol urishi mumkin edi, Nesterov ajoyib seyv namoyish etdi! Birinchi taym qahramoni so'zsiz Nesterov!


Malumot o'rnida: O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi dastlabki gol mualliflariga aylangan futbolchilar: (1996-Igor SHkvirin), (2000-Mirjalol Qosimov), (2004-Mirjalol Qosimov), (2007-avtogol), (2011-Odil Ahmedov), (2015-Igor Sergeev), (2019-Odil Ahmedov)


40. Ummon gol o'tkazib yuborgach hujumga yanada ko'proq o'tmoqda. Samarasiz, shunday davom etaversin

Hisob ochilgan vaziyat.



33. Jamoamiz sardori jarima to'pini ajoyib tarzda amalga oshirib darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.  

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ODIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIL AHMEDOOOOOOOOOOOOOOOOOV! VIDEONI KO'RISH

32. Yaxshi! Marat Bikmaev jarima to'pi ishladi. Darvozaga masofa taxminan 22 metr. To'p oldida Odil Ahmedov

30. Saytimizning telegramdagi kanalida o'yindan foto va video lavhalar berib borilmoqda: KANALGA O'TISH 

29. Ogohlantirish. Jaloliddin Masharipov 2019 yilgi Osiyo Kubogida O'zbekiston safida sariq kartochka olgan birinchi futbolchi bo'ldi

29. Vakillarimiz burchak to'pini ijro etishdi, darvozabon to'pni qaytardi. Endi narigi burchakdan to'p uzatildi, ba safar himoyachi to'pni qaytardi!

27. ZARBA! Nihoyat vakillarimiz hujumga o'tishdi, Sidiqovning pasini ham, SHukurovning zarbasini ham himoyachilar qaytarishdi!

24. Televizor orqali o'yinni ko'rayotganlar nima uchun stadiondan shovqib bo'lib ketdi deb hayron qolmang. SHunchaki stadionga yana 100ga yaqin ummonlik muxlislar kirib kelishdi. Eslatib o'tamiz, BAA va Ummon chegaradosh davlatlar hisoblanadi.

22. Yana Ummon hujumga o'tdi, chap qanotdan uzatilgan to'pni Jamol Al Yahmadi darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, Masharipovga nisbatan qo'pol o'ynadi

18. Tan olish kerak Ummon bizga nisbatan hujumkorroq o'ynamoqda. Bizda hozircha umuman qulay vaziyat bo'lgani yo'q.

15. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! DAHSHATLI SEYV! NESTEROVDAN! Osiyo rekordchisi bekorga birinchi raqamli darvozabon emasligini namoyish etdi!

15. UXXXXXXXXXXX! SAL QOLDIYA! Anzur Ismoilov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi va avtogol muallifi bo'lishiga oz qoldi. 

14. Uchrashuvning dastlabki qismida hech bir tomon xavfli vaziyat yaratgani yo'q. 



7. Ummon ustozi Pim Verbek bir joyda jim turibdi. Ektor Kuper esa shogirdlariga ko'rsatmalar berib bormoqda, hayajonlanayotgani sezilmoqda.

5. Ummonning hujumi. Dastlab to'p o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatildi, so'ngra Ahmad Kano uzatgan to'p hech kimga tegmay maydonni tashlab chiqib ketdi

2. Dastlabki daqiqalarda jamoalar "razvedka" ishlarini olib borishmoqda. Hech bir tomon keskin hujumga o'tmayapti. Himoyani yaxshi ko'radigan murabbiylar o'rtasidagi bahsni ko'rayapmiz.



1. BOSHLADIK! OMAD YIGITLAR!

- Uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasi boshlab beradi. Oqlar boshlaydi va g'alaba qozonadi! Nasib qilsa! Olg'a O'zbekiston!

- Jamoaviy suratga tushish yakunlandi

- Endi Ummon davlat madhiyasi yangramoqda.

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi

- Bugun Egor Krimec, Oleg Zoteev, Otabek SHukurov, Javohir Sidiqov va Jaloliddin Masharipov Osiyo Kuboklarida debyut qilishadi.

- Uchrashuv boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi.

- Biroz avval guruhdoshlarimiz o'rtasidagi bahsda Yaponiya Turkmanistonni 3:2 hisobida taslim qildi.

- Ayni paytda SHarjada 24 daraja issiq. Maza qilib futbol o'ynaydigan havo o'ziyam!

- Futbolchilar esa o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda.

- Stadiondagi muhit ajoyib. O'zbekistondan ham, Ummondan ham ko'plab muxlislar turli hayqiriqlar bilan o'z sevimli jamoalarini qo'llab turishibdi.  

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari "SHarja" stadionidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz! 




Uzbekistan

Odil Akhmedov - 34', Eldor Shomurodov - 85'

Asian Cup Grp. F . 1-tur

09/01/2019, 17:30

1
:
2
Tugadi

Oman

Mohsin Al Ghassani - 72'

Stadion: Sharjah Stadium, 9424 tomoshabin

Bosh hakam: Hyung-Jin Ko

45'
90'
29'  Jaloliddin Masharipov
34'  Odil Akhmedov
58'  Ignatiy Nesterov
59'  Sardor Rashidov (Dostonbek Khamdamov)
79'  Jaloliddin Masharipov (Ikrom Alibaev)
83'  Marat Bikmaev (Eldor Shomurodov)
85'  Eldor Shomurodov
85'  Ikrom Alibaev
90'  Yegor Krimets
67'  Khalid Al Hajri (Mohsin Al Ghassani)
72'  Mohsin Al Ghassani
72'  Ali Al-Busaidi
86'  Jameel Al Yahmadi (Salaah Al-Yahyaei)
86'  Mohsin Jouhar (Mohammed Al Ghassani)


Osiyo Kubogi-2019.

"F" guruhi, 1-tur.

O'ZBEKISTON - UMMON 2:1 LIVE

SHarja shahri, "SHarja stadioni".

Hakamlar: Ko Xyung Jin, Yun Kvang Yol, Park Sang Jun (Janubiy Koreya)
Darvoza ortidagi hakamlar: Kim Dong Jin (J.Koreya), Dilan Perera (SHri Lanka)
Zaxira hakami: Mohd Yusri Muhammad (Malayziya)
Gollar: Odil Ahmedov 33, - 1:0. Muhsin Al Gassani 78, - 1:1. Eldor SHomurodov 85, - 2:1.
O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov, 15.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov, 19.Otabek SHukurov - 7.Sardor Rashidov (17.Dostonbek Hamdamov, 59), 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov (8.Ikrom Aliboev, 79) - 10.Marat Bikmaev (14.Eldor SHomurodov, 82).
Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 6.Davron Hoshimov, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 16.Aziz Turg'unboev.

Ummon (4-2-3-1): 18.Fayz Al Rushaydi - 11.Saad Al Muhayni, 13.Halid Al Brayki, 2.Muhammad Al Musallami, 17.Ali Al Busaydi - 12.Ahmad Kanu, 23.Habib Al Sadi - 15.Jamell Al Yahmadi (9.Muhammad Al Gassani, 88), 10.Muhsin Al Xaldi, 6.Raed Solih - 7.Halid Al Hajri (16.Muhsin Al Gassani, 67).
Zaxira: 1.Ammar Al Rushaidi, 22.Ahmad Al Ravahi, 19.Mahmud Al Mushaifri, 3.Muhammad Faraj, 5.Muhammad Al SHiba, 20.Salah Al Yahyoi, 21.Mataz Solih, 14.Ali Al Jabri, 8.Yasin Al SHeyadi, 4.Muhammad Hasib, .

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov 29, Ignatiy Nesterov 58,

CHetlatish: Egor Krimec 90+2.



Malumot o'rnida:

- BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogi vakillarimiz uchun 7-ishtirok. Terma jamoamiz 1996 yilgi qita chempionatidan boshlab ketma-ket etti bor Osiyo Kubogida uzluksiz ishtirok etib kelishmoqda.

- Eng yomon natija: OK-1996 va OK-2000 guruh bosqichi

- Eng yaxshi natija: OK-2011 yarim final

- O'zbekiston terma jamoasi hozirgacha musobaqa tarixida jami 24 uchrashuvda maydonga tushgan - 11 g'alaba, 3 durang va 10 mag'lubiyat (to'plar nisbati - 35:44)

- O'zbekiston va Ummon terma jamoalarining o'zaro o'yinlaridagi ustunlik Ummon tarafida - 1 g'alaba, 4 mag'lubiyat.

- Qayd etish kerakki, rasmiy o'yinlarda jamoalar 1tadan g'alabaga erishishgan. O'rtoqlik maqomidagi bahslarda Ummon o'tkazilgan uchala bellashuvda ham g'alaba qozongan. Qizig'i, mazkur jamoalar o'rtasidagi birorta o'yinda durang qayd etilmagan.

- Ummon terma jamoasi qita chempionatidagi ilk o'yinlarda hali g'alaba tamini bilmaydigan terma jamoa - 1 durang va 2 mag'lubiyat

Fakt: Ummon terma jamoasi Osiyo Kubogida bunga qadar 3 marotaba ishtirok etgan va hech qachon guruh bosqichidan nariga o'tmagan.

- Bugungi o'yin Ektor Kuperning terma jamoamiz rulidagi ilk rasmiy bellashuvi.

Reyting: +226   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика