Osiyo kubogi. O'zbekiston Avstraliyaga qarshi qaysi rangli libosda maydonga tushadi?
22 jan 2024 13:33
Yangiliklar
Osiyo kubogi. O'zbekiston Avstraliyaga qarshi qaysi rangli libosda maydonga tushadi?
O'zbekiston milliy terma jamoasi 23 yanvar kuni Osiyo kubogining 3-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi. SHuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham malum. Bosh hakam yaponiyalik Araki Yusuke, unga qanotlarda hamyurtlari Mihara Jun va Takagi Takumi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa xitoylik Ma Ning ishlaydi.
Uchrashuv ertaga soat 16:30 da «Al-Janub» stadionida start oladi.
Fikrlar