Osiyo Kubogi. Mahdi Ali BAAni yorqin kelajak kutayotganini aytdi
29 jan 2015 15:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/160172_original.jpg)
![](/upload/storage/160172_220.jpg)
Osiyo Kubogi. Mahdi Ali BAAni yorqin kelajak kutayotganini aytdi
Osiyo Kubogining uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsida BAA va Iroq o'zaro kurash olib boradi.
O'yin ertaga Nyukasl shahrida bo'lib o'tadi. BAA termasi bosh murabbiyi Mahdi Ali Iroqqa qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bayon qildi:
"Biz 1996 yildan beri birinchi marta yarim finalga chiqdik. Buni katta natija desa bo'ladi. Bu erda uchta o'yinni JCH-2014da qatnashgan jamoalarga qarshi o'tkazdik. Bular - Yaponiya, Eron va Avstraliya. Mana shu bellashuvlarda yaxshi harakat qildik, muhimi, biz bilan raqiblar orasida katta tafovut ko'zga tashlanmadi. Bu esa navbatdagi jahon chempionati saralash bosqichi oldidan bizga erkinlik beradi".
"Hozir bizda yaxshi avlod shakllandi va ular bilan bemalol Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga bora olamiz. Musobaqaga kelishdan oldin yarim finalga chiqishni maqsad qilgandik va bunga erishdik. Endi bo'lsa, uchinchi o'rin uchun maydonga tushamiz. Biz uchun bronza medallarini qo'lga kiritish juda muhim. Biz faqat g'alabani va uyga quruq qo'l bilan qaytib ketmaslikni xohlayapmiz. O'ylaymanki, terma jamoamizni yorqin kelajak kutib turibdi".

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar