Osiyo Kubogi. KXDR bor etiborini S.Arabistoniga qaratadi
13 jan 2015 16:00
Yangiliklar
Osiyo Kubogi. KXDR bor etiborini S.Arabistoniga qaratadi
Ertaga guruhdagi raqibimiz KXDR Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.
Bilasiz, koreyaliklar birinchi o'yinda bizga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida KXDR bosh murabbiyi Jo Tong Sop bor etiborni Saudiya Arabistoniga qarshi bahsga qaratishini malum qildi.
"Birinchi o'yin juda omadsiz kechdi. Endi bo'lsa ikkita uchrashuvda o'zimizni ko'rsatishimiz kerak bo'ladi. Ertangi raqibimiz juda kuchli jamoa. Ularda mahoratli o'yinchilar ko'p. Lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz. Men haliyam kelajakka umid bilan qarayapman va shogirdlarimga to'liq ishonaman".
"Safimizda jarohat olganlar yo'q, hamma o'yinga tayyor. Hozircha boshlang'ich tarkibni aniqlab olishga ulgurmadim. Bugun o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazamiz va shundan so'ng bir qarorga kelaman".

Fikrlar