Osiyo Kubogi. Keyrush Sardor Azmunni van Nistelroyga o'xshatdi
16 jan 2015 04:44
Yangiliklar
Osiyo Kubogi. Keyrush Sardor Azmunni van Nistelroyga o'xshatdi
Kecha "S" guruhi ishtirokchisi Eron Qatar termasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona gol 52-daqiqada yosh hujumchi Sardor Azmun tomonidan kiritildi.
O'yindan keyin forslar ustozi Karlush Keyrush intervyu berar ekan, 20 yoshli futbolchining harakatlaridan mamnun ekanligini aytib o'tdi: "Azmun juda chiroyli to'p kiritdi. U bir paytlar men bilan MYUda birga ishlagan Ruud van Nistelroyga o'xshab ketyapti. Sardor Azmun - kelajagi buyuk hujumchi. U hali ko'p gol uradi".
"Qatar bilan kechgan bahs haqida nima deyishim mumkin? Bizda imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Oxirgi 15-20 daqiqa ichida sakkizta qarshi hujum tashkil qildik, lekin to'p kirita olmadik. Men Rizo Guchannajoddan ham gol kutgandim, ammo u bir nechta imkoniyatni ko'kka sovurdi. Afsuski, Sardor Azmun maydonni biroz jarohat bilan tark etdi. Endi BAA bilan oxirgi o'yinda maydonga tushadimi-yo'qmi, bir narsa deya olmayman".

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar