Osiyo Kubogi. Kapadzeda eng ko'p zarba, Nesterovda 3ta seyv
14 jan 2015 09:00
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Kapadzeda eng ko'p zarba, Nesterovda 3ta seyv
Avstraliyada davom etayotgan Osiyo Kubogining dastlabki 10ta o'yini ortda qoldi.
Hozirga qadar bo'lib o'tgan 10 uchrashuvda jamoalar jami 25ta gol urishdi.
Avstraliya ikki o'yinda 8ta to'p kiritganini takidlash lozim. Ummon ikkita o'yinda ham gol ura olmadi. KXDR, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Falastin va Iordaniya ilk turda raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi.
Bugunga qadar jami futbolchilar 75 marta aniq zarba berishdi. 176 bor zarba noaniq ko'rinish oldi. O'zbekiston terma jamoasi KXDR bilan o'yinda 24 marta zarba berdi, shundan 5tasi darvozaga aniq bordi. Terma jamoamiz safida eng ko'p zarbani Timur Kapadze berdi - 5ta.
Darvozabonlar 61 marta berilgan zarbadan so'ng to'pni qaytarishdi. Ignatiy Nesterov birinchi turda 3 bor seyv qildi. Bu borada Ali Al Habsi birinchi o'rinda. Ummonlik posbon ikkita o'yinda 11 marta seyv qildi.
Hakamlar dastlabki 10ta o'yinda jami 33 marta sariq va 2 bor qizil kartochkani ishga solishdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Akmal SHorahmedov ogohlantirildi.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar