Osiyo Kubogi. Kagava muxlislardan kechirim so'radi
24 jan 2015 18:28
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Kagava muxlislardan kechirim so'radi
Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi SHinji Kagava BAA bilan kechgan o'yinda penaltidan to'p kirita olmagani uchun muxlislardan uzr so'radi.
Xabaringiz bor, Osiyo Kubogining chorak finalida Yaponiya va BAA o'zaro kurash olib bordi va 1:1 natijasi qayd etilgan o'yinning penaltilar seriyasida BAA g'alaba qozondi. O'yindan keyingi "lotereyalar bahsi"da yaponiyalik SHinji Kagava penaltini aniq amalga oshira olmadi. SHunday qilib Yaponiya terma jamoasi oxirgi to'rtta qita chempionatida birinchi bor chorak finaldan ortga qaytadigan bo'ldi.
"Natija hammasini aytib turibdi, - deydi Kagava. - Biz g'alaba qozona olmadik. Qolaversa, penaltini noto'g'ri amalga oshirdim. Buning uchun muxlislarimizdan kechirim so'rayman. Biz yana finalga chiqib g'olib bo'lishni maqsad qilgandik, ammo BAAga yutqazib qo'ydik. Penalti tepishdan toldin gol urishimga ishongandim, lekin zarba noto'g'ri chiqdi. Men yana bir marta hammadan kechirim so'rayman".

Fikrlar