So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  17 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi

OFK rasmiy sayti muxlislar o'rtasida so'rov o'tkazdi.

So'rovnomaga ko'ra, muxlislar har bir chiziq bo'yicha Osiyo Kuboklari tarixidagi eng yaxshi futbolchilarga ovoz berishdi. Va shu asnoda 11 nafar asosiy tarkib va oltita zaxira futbolchisi malum bo'ldi. Bir necha hafta davom etgan so'rovnomada jami ikki yarim million ovoz kelib tushdi.

Quvonarlisi, Osiyo Kuboklari ramziy terma jamoasida hamyurtimiz Server Jeparov ham joy egalladi. Bu bilan albatta Jeparovni tabriklab qo'ysak arziydi. Keling, shu o'rinda ramziy terma jamoaga kimlar kiritilganiga etibor qaratsak.

Darvozabon: Nasser Hejazi (Eron)
Eronlik darvozabon ikki bor 1972 va 1976 yilgi Osiyo Kubogida chempionlikni nishonlagan. SHuningdek, 1972 yil Olimpiada o'yinlarida ham o'zini ko'rsatgan.

Himoyachi: Mehdi Mahdavikiya (Eron)
Terma jamoada tarkibida 110ta maydonga tushgan. Bu borada u 4-o'rinni egallab turibdi. Mahdavikiya ikkita jahon chempionatida qatnashgan. Ammo terma jamoa tarkibida Osiyo chempioni bo'la olmagan.

Himoyachi: Solih Al Nuayma (Saudiya Arabistoni)
Osiyo Kubogida ketma-ket ikki yil zafar quchgan sardor. Hali hech bir jamoa sardoriga bunday yutuq nasib etmagan. U saudiyaliklar tarkibida 1984 va 1988 yilgi qita birinchilida g'olib chiqqan.

Himoyachi: Jeng Ji (Xitoy)
Xitoy termasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan to'rtinchi futbolchi - 102ta. Jeng Ji 2013 yil "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. U 2004 yilgi Osiyo Kubogida jamoasini finalga olib chiqqan.

Yarim himoyachi: Ali Karimi (Eron)
2004 yilgi Osiyo Kubogi to'purari. SHu yilning o'zidayoq Osiyoda eng kuchli futbolchi deb topilgan. SHubhasiz, Ali Karimi Eron futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi.

Yarim himoyachi: Nashat Akrom (Iroq)
Iroqning oltin avlodi deya yuritiladigan tarkib azolaridan biri. Nashat Akrom 2000 yil U-19 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan. 2004 yil Olimpiada o'yinlarida qatnashgan. 2007 yil esa Osiyo Kubogida zafar quchgan.

Yarim himoyachi: SHao Jiayi (Xitoy)
SHao Jiayi 2004 yilgi Osiyo chempionatida o'zini ko'rsata olgandi. U musobaqa davomida uchta gol urgan. Ushbu yarim himoyachi 2002 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Yarim himoyachi: Server Jeparov (O'zbekiston)
O'z vaqtida ikki bor "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Server Jeparov ham ramziy terma jamoadan joy oldi. Jeparov ayniqsa 2011 yilgi Osiyo Kubogida o'zini ko'rsata olgandi. U faoliyati davomida O'zbekistondan tashqari Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Eron va Qozog'istonda ham o'ynagan.

Yarim himoyachi: Keysuke Xonda (Yaponiya)
Yaponiya tarixidagi eng kuchli o'yinchilardan biri. Xonda 2011 yilgi Osiyo Kubogida g'olib chiqish bilan birgan "Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini ham qo'lga kiritgan. Xonda uchta jahon chempionatida gol urgan ilk yaponiyalik futbolchi hisoblanadi.

Hujumchi: Ali Dayi (Eron)
Osiyo Kuboklarida eng ko'p gol urgan futbolchi. U 1996 yilgi musobaqada 8ta gol urgan. SHuningdek, 2000 va 2004 yilgi qita chempionatlarida ham to'p kiritgan. Dayi terma jamoa tarkibida 149ta o'yinda maydonga tushib, jami 109ta to'p kiritgan.

Hujumchi: Yosir Al Qahtani (Saudiya Arabistoni)
Al Qahtani ham mashhur hujumchilar sirasiga kiradi. U 2007 yilgi Osiyo Kubogida to'purar bo'lish bilan birga jamoasining finalga qadar etib borishida muhim hissa qo'shgan.

Bosh murabbiy: Heshmat Mohajerani (Eron)
Ushbu murabbiy qo'l ostida Eron 1976 yilgi Osiyo Kubogida zafar quchgan. Qolaversa, Mohajerani oradan ikki yil o'tib terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan.

Zaxiradan joy olganlar:

Darvozabon: Nur Sabri (Iroq)
Nur Sabri 16 yil terma jamoada o'ynagan. U 2004 yilgi Olimpiada o'yinlarida 4-o'rinni qo'lga kiritgan. Oradan uch yil o'tib o'z jamoasi bilan Osiyo Kubogida zafar quchgan.

Himoyachilar: Jamal Muborak (Quvayt), So CHin Aun (Malayziya).

Yarim himoyachilar: Fahd Al Harifi (Saudiya Arabistoni), Ku Ja CHol (Janubiy Koreya).

Hujumchi: Yunis Mahmud (Iroq)
Iroqlik hujumchi Yunis Mahmud to'rtta Osiyo Kubogida gol urgan: 2004, 2007, 2011 va 2015 yillarda. Lekin uning eng ajoyib onlari 2007 yilda kechgan. CHunki shu yili Iroq terma jamoasi qita birinchiligida g'oliblikni qo'lga kiritgan.


Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика