Osiyo Kubogi. Guruh o'yinlari bilan bog'liq qiziqarli raqamlar
21 jan 2015 12:37
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Guruh o'yinlari bilan bog'liq qiziqarli raqamlar
Avstraliyada bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining guruh bahslari ortda qoldi. Ertadan boshlab chorak finalga start beriladi.
Quyida guruh bahslaridan kelib chiqqan holda bazi qiziqarli raqamlarni etiboringizga havola etamiz.
0 - Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya guruh o'yinlarida birorta ham to'p o'tkazib yubormadi. Guruh o'yinlarida bittayam gol o'tkazmasdan Osiyo Kubogini yutgan jamoa birgina Eron hisoblanadi. Ular 1976 yilgi qita birinchiligida Iroqni 2:0, Janubiy Yamanni 8:0 hisobida mag'lub etishgan.
1 - Turnir debyutanti Falastin Osiyo Kubogida o'zining birinchi to'pini kiritdi. Ilok gol muallifi Jaka Xbaysha bo'ldi: Iordaniya - Falastin 5:1.
2,54 - Ortda qolgan 24 uchrashuvda o'rtacha 2,54tadan to'p kiritildi.
3 - Xitoy terma jamoasi o'z tarixida ilk marta guruhdagi uchala o'yinda ham g'alaba qozondi. SHu paytgacha Xitoy termasi ketma-ket 11 marta ushbu musobaqada ishtirok etgan bo'lishiga qaramay, bunday natijani ko'rsata olmagandi.
4 - Iordaniya - Falastin (5:1) bahsida iordaniyalik futbolchi Hamza Al Dardur poker muallifi bo'ldi. Avvalgi musobaqalarda quyidagi futbolchilar raqib darvozasiga to'rttadan gol urishgandi: Behtash Fariba (Eron - 1998), Ali Dayi (Eron - 1996), Ismoil Abdulatif (Bahrayn - 2011).
8 - Guruh bosqichida eng ko'p gol urgan jamoa Avstraliya bo'ldi - 8ta. Ktyingi o'rinlarni Yaponiya (7ta) va BAA (6ta) egalladi.
11 - Falastin guruh bosqichida eng ko'p gol o'tkazib yubordi - 11ta. Ular Yaponiyaga (0:4), Iordaniyaga (1:5) va Iroqqa (0:2) imkoniyatni boy berishdi.
14 - BAA hujumchisi Ali Mabxut 14-soniyadayoq darvozani ishg'ol qildi. Bu Osiyo chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi.
23 - 23 yillik tanaffusdan so'ng KXDR Osiyo Kubogida o'zining ilk golini urdi. Saudiya Arabistoni bilakn kechgan bahsda Ryang Yong Gi 12-daqiqada hisobni ochdi, biroq yakunda shimolliklar 1:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.
24 - Guruh o'yinlaridagi barcha 24ta uchrashuvning birontasida durang qayd etilmadi. Bu ham rekord hisoblanadi.
90+1 - Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning oxirida gol urgan futbolchi Rizo Guchannajod bo'ldi. U BAA darvozasiga aynan shu daqiqada to'p kiritdi.
135 - Hozircha shuncha marta darvozabonlar tomonidan seyv qilindi.

Fikrlar