Osiyo Kubogi. CHiptalar sotuvda
08 jan 2015 05:45
Yangiliklar


Osiyo Kubogi. CHiptalar sotuvda
Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi boshlanishiga ham nihoyatda kam vaqt qolmoqda.
Musobaqaning ochilish o'yini Avstraliya va Quvayt terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Melburndagi "Rectangular Stadium"da o'tkaziladi.
Turnirning ilk o'yini uchun chiptalar sotuvi allaqachon boshlab yuborilgan. Tashkilotchilardan biri Maykl Braunning aytishicha, chiptasi bor muxlislar osonlik bilan stadionga kirish imkoniga ega bo'lishadi.
CHiptani naqd yoki internetdan pul o'tkazish yo'li orqali sotib olish mumkin. CHiptalar narxi Avstraliya dollarida 49dan 89gachani tashkil etmoqda.

Fikrlar