So’nggi yangiliklar

09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  2 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  6 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  12 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  3 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0

Osiyo Kubogi bahsida ilk marotaba ayol hakam ishladi. Yosimi Yamasita haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

Osiyo Kubogi bahsida ilk marotaba ayol hakam ishladi. Yosimi Yamasita haqida nimalarni bilish lozim?

U Osiyo CHempionlar Ligasi, hattoki, JCH-2022 o'yinlarida faoliyat olib borgan!

Osiyo Kubogida muhim voqea ro'y berdi — turnirda ilk marotaba ayol hakam ishladi! 37 yoshli Yosimi Yamasita Avstraliya va Hindiston (O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan jamoalar) uchrashuvini boshqardi.

Yamasita yaponiyalik dastlabki professional ayol hakam hisoblanadi. U 2015 yil FIFA referisiga aylandi. O'shandan beri uzoq yo'lni bosib o'tdi.

2022 yilning sentyabrida Yosimi arbitr sifatida J1 ligasidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Bundan tashqari, u JCH-2022'da hakamlik qilgan olti nafar ayoldan biri edi — Yamasita turnirdagi to'rtta o'yinda zaxira hakami etib tayinlandi.

Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Yamasita erkaklar futbolida jami 61 ta bellashuvda faoliyat olib borgan. Jumladan, u Gana va Indoneziya, shuningdek, Franciya va Meksika yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida hakamlik qilgan. Yosimi J1 ligasida 12 ta, Yaponiya kubogida esa yana ikkita o'yinga tayinlangan rasmiylar qatoridan o'rin olgan. Bundan tashqari, Yamasita Osiyo chempionlar ligasining ikkita uchrashuvida hamda OFK kubogi doirasidagi bitta o'yinda hakamlik qilgan.

Yaponiyalik hakamga tegishli noodatiy bahs ham mavjud — u 2023 yilning mart oyida Premer-liga yoshlar birinchiligi doirasidagi "Blekbern" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yinni boshqargan.

Albatta, Yamasita ayollar futbolidagi o'yinlarda ham hakamlik qilgan. U ayollar o'rtasidagi ikkita jahon chempionati va ikkita Osiyo kubogida ishlagan hamda 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarining ayollar futboli turniridagi bellashuvlarda ishlagan.

SHuningdek, Avstraliya va Hindiston terma jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvda Yosimiga ikki nafar qiz hakam — Makoto Bozono va Naomi Tesirogi yordam berganini ham takidlash lozim.

SHubhasiz, Yosimi Yamasita va uning yordamchilari Osiyo Kubogining yana bir nechta o'yinlarida ishtirok etishadi.


Nikolay Egorichev tayyorladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика