So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Osiyo Kubogi. BAA - Bahrayn. O'yindan keyingi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi. BAA - Bahrayn. O'yindan keyingi matbuot anjumani

Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan BAA - Bahrayn (1:1) uchrashuvidan keyin bosh murabbiylar o'z fikrlarini bildirishdi.

Dastlab Bahrayn ustozi Miroslav Soukup jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Kimdir o'yindan oldin durangga rozimisan deganida roziman derdim. Odamlar bizning omadimiz keldi deb o'ylashi mumkin. Ammo BAA kuchli jamoa, ular birinchi taymda yaxshi o'ynashdi. Menimcha natija adolatli bo'ldi.

Tanaffusda yigitlarim bilan gaplashib olgach, ikkinchi taymda yaxshiroq ko'rindik. Albatta yutishni istadi ammo BAAni juda ham hurmat qilib yubordik. SHogirdlarim xato qilishdan qo'rqishdi.

Butun o'yinni olsak, 1:1 adolatli natija deb hisoblayman.

Albata oldinda bizni qiyin bahslar kutib turibdi. Ochilish o'yinidagi bosim endi ortda qoldi. Birinchi bahsdagi durang bizga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi. Tailand terma jamoasining kuchini bilaman va BAAga qarshi o'yinda ham qiyin bo'lishini kutayapman", - deydi Miroslav Soukup.




So'ngra mezbonlar ustozi Alberto Zakkeroni fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Albatta Osiyo Kubogi ochilish o'yinida g'alaba qozonishimizni istagandim. Ammo futbolda shunday natijalar ham uchrab turadi.

Bizda bir qator vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Birinchi taymda yaxshi o'ynadik va bahs avvalida hisobni ochishimiz mumkin edi. Bugun jamoam bor kuchi bilan harakat qildi.

Men uchun eng muhimi bahs davomida futbolchilar bor kuchlari bilan o'ynashlari. O'yindan o'yinga biz kuchayib boramiz.

Xatolarni to'g'rilaymiz va xulosa chiqaramiz. Hindiston bilan o'yinda natija bundan yaxshiroq bo'ladi deb umid qilaman. BAA Osiyo Kubogiga chiqqan istalgan jamoaga qarshi o'ynashga tayyor", - deydi Alberto Zakkeroni.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика