So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  23 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Osiyo Kubogi-2019. Ochilish uchrashuvida BAA mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Ochilish uchrashuvida BAA mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan BAA - Bahrayn uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


UAE

Ahmed Khalil - 88'

Asian Cup Grp. A . 1-tur

05/01/2019, 21:00

1
:
1
Tugadi

Bahrain

Mohamed Al-Romaihi - 78'

Stadion: Zayed Sport City Stadium, 33878 tomoshabin

45'
90'
35'  Amer Abdulrahman
36'  Khamis Esmail
54'  Khalfan Mubarak (Saif Rashid Nasir)
54'  Amer Abdulrahman (Mohammed Abdulrahman)
81'  Khamis Esmail (Ahmed Khalil)
88'  Ahmed Khalil
78'  Mohamed Al-Romaihi
81'  Jamal Rashid (Abdulla Yusuf Helal)
87'  Ahmed Juma (Mohamed Marhoon)
90'  Ali Madan (Sami Al Husaini)



YANGILASH


O'yin boshlandi. 5-daqiqada Al Hammadi musobaqaning birinchi golini urishi mumkin edi. Biroq birga bir vaziyatda uning zarbasini darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

26-daqiqada Muhammad Al Rohaimi boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

44-daqiqada bahraynliklar qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. 45-daqiqada Komail Al Asvadning jarimadan yo'llagan zarbasi juda xavfli bo'ldi.



Birinchi taymda hisob ochilmadi.


Ikkinchi taym boshlandi.

52-daqiqada Ali Jaafar Madanning zarbasini darvozabon qaytardi, Muhammad Al Rohaimining yaqin masofadan yo'llangan zarbasini ham Xolid Eysa qaytardi.

63-daqiqada Hamis Ismoilning zarbasi darvozaga etib bormadi.

67-daqiqada Ali Mabhut hisobni ochishga juda yaqin kelgandi, himoyachilarning xatosidan so'ng Osiyo Kubogi-2015 to'purarinig zarbasi noaniq chiqdi! 

76-daqiqada Xolid Eysa burchakdan yo'llagan zarbani qaytarishga erishdi. 

78-daqiqada "Bahrayn" hisobni ochdi! Jarima maydoni ichidagi pala-partishlikda so'ng Muhammad Al Rohaimi hisobni ochdi - 0:1. VIDEO

84-daqiqada hisob tenglashishi mumkin edi, Saif Rashidning birga bir vaziyatdan yo'llagan zarbasini Sayid SHubbar qaytardi!

87-daqiqada bahraynlik himoyachi to'pni jarima maydoni ichida qo'li bilan to'xatgani uchun penalti belgilandi. Ahmad Halilning 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan kuchli zarbasi golga aylandi - 1:1.  VIDEO

O'yin tugadi, ochilish uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.



Osiyo Kubogi-2019
"A" guruhi. 1-tur
BAA - BAHRAYN 1:1 (0:0)
5 yanvar. Abu Dabi. "Zayd Sport Siti" stadioni. 33872 tomoshabin

Hakamlar: 
Adham Makhadmeh, Ahmad Al Roalle va Muhammad Al Kalaf (uchalasi Iordaniya)
Darvoza ortidagi hakamlar: Turki Muhammad (S.Arabistoni) va Ahmad Faysal (Iordaniya)
Zaxira hakami: Muhammad Maki Ala Bakri (S.Arabistoni)

Gollar: Muhammad Al Rohaimi 78, - 0:1. Ahmad Halil 87 penalti, - 1:1.

BAA: 17.Xolid Eysa, 2.Ali Hassan Salmin, 4.Xalifa G'anim, 5.Amir Abdulrahmon (16.Muhammad Abdulrahmon, 54), 6.Faris Juma, 7.Ali Mabhut, 9.Bandar Muhammad, 13.Hamis Ismoil (11.Ahmad Halil, 81), 15.Ismoil Al Hammadi, 18.Al Hasan Solih, 21.Xalfan Muborak (20.Saif Rashid, 54)
Zaxira: 1.Ali Hasif, 3.Volid Abbos, 8.Majid Hassa, 10.Ismoil Matar, 12.Xalifa Muborak, 14.Muhammad Xalfan, 19.Ismoil Ahmad, 22.Muhammad Al SHamsi, 23.Muhammad G'arib


Bahrayn: 1.Sayid SHubbar, 3.Volid Al Hayam, 4.Sayid Dhiya, 5.Hamid Alshamsan, 7.Ali Al Safi, 11.Ali Jaafar Madan (20.Sami Al Husaini, 90+1), 12.Ahmad Ali Juma (8.Muhammad Marhun, 86), 13.Muhammad Al Rohaimi, 16.Sayid Ridxa Isa, 19.Komail Al Asvad, 23.Jamol Rashid (10.Abdulla Yusuf Xilol, 81)
Zaxira: 2.Sayid Mahdi Baqir, 6.Ahmad Mirza, 9.Mahdi Alhumaidan, 14.Ali Abdulla Xaram, 15.Jassim Al SHayx, 17.Ahmad Muborak, 18.Ahmad Abdulla Ali, 21.Yusuf Habib Hasan, 22.Abdulkarim Fardan

Ogohlantirishlar: Amir Abdulrahmon 35, Hamis Ismoil 36.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика