Osiyo Kubogi-2023 qaysi mamlakatda o'tishi kerak?
19 iyu 2022 12:11
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2023 qaysi mamlakatda o'tishi kerak?
Kelasi yil bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga qaysi davlat mezbonlik qilishi hamon aniq emas.
OFK kecha to'rtta mamlakat mezbonlik uchun ariza topshirilganini malum qildi. Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2023 aslida Xitoyda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq koronavirus bilan bog'liq holat sabab Xitoy mezbonlikdan voz kechdi.
Natijada OFK barcha azo mamlakatlarga mezbonlik bo'yicha xat yubordi. Va to'rtta davlat xatga javoban tayyorligini malum qildi. Bular - Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar.
Katta ehtimol bilan navbatdagi qita birinchiligi mana shu to'rt davlatdan birida tashkil etiladi. OFK 31 avgustga qadar har bir davlat o'z dasturini taqdim etishi uchun muhlat bergan. 17 oktyabr kuni esa Osiyo Kubogi-2023 mezboni elon qilinadi.
Sizningcha, Osiyo Kubogi mezbonligi kimga berilgani maqul?
O’xshash yangiliklar
22:21
Angliya kubogi. "Liverpul" 4ta, "CHelsi" esa 5ta, "Lester" esa 6ta gol urdi va boshqa natijalar 4
Fikrlar