So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston terma jamoasi nima uchun guruhda 2‑o'rinni olishi kerak? Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston terma jamoasi nima uchun guruhda 2‑o'rinni olishi kerak?

12 yanvar kuni Qatarda Osiyo kubogi bahslari start oladi.

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan kurash olib boradi.

O'zbekiston terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rinni egallasa finalga qadar etib borish osonroq bo'ladi, nazarimda. Maqolani oxirigacha o'qisangiz tushuntirib beraman.

"B" guruhida 1-o'rinni olgan jamoa nimchorak finalda A/C/D guruhida 3-o'rinni olgan jamoalardan biriga qarshi o'ynaydi. O'zbekiston bu guruhlarda 3-o'rinni oladigan istalgan jamoadan kuchli.

Ushbu juftlik g'olibi chorak finalda esa katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Yarim finalda esa Yaponiya terma jamoasi raqib bo'lishi kutilmoqda. Yaponiyaning oxirgi o'yinlardagi natijalarini bilganlar qanchalik kuchli raqib ekanini tushunib turishibdi. Yaponiya Osiyo chempioni bo'lish uchun eng asosiy davogar hisoblanadi.

Agarda sarlavhada yozilganidek guruhda 2-o'rinni egallasak, nimchorak finalda "F" guruhida ikkinchi bo'lgan jamoaga qarshi o'ynaydi. Ushbu guruhda Saudiya Arabistoni, Tailand, Qirg'iz Respublikasi va O'mon jamoalari o'rin olgan. Katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoni 2-o'rinni olmasa kerak, qolgan uch jamoadan esa o'tish qiyinchilik tug'dirmalsigi kerak.

CHorak finalga chiqa olsak "A" guruhi g'olibi yoki C/D/E guruhida uchinchi o'rinni olganga qarshi o'ynaymiz. "A" guruhida Qatar, Xitoy, Tojikiston va Livan jamoalari bor. Bu erda Qatar katta ehtimol bilan guruh g'olibi bo'lsa kerak.

Agar Qatar to'sig'idan ham o'tsak, yarim finalda katta ehtimol bilan Eron yoki Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaymiz.






Endi qisqaroq tarzda tushuntiraman, yarim finalgacha ikkita yo'l bor (jamoalar imkoniyatlarini chamalangan holda taxminan olingan):


1-o'rinni olsak: Tojikiston (1/8 final) - Saudiya Arabistoni (1/4 final) - Yaponiya (1/2 final)
2-o'rinni olsak: Tailand (1/8 final) - Qatar (1/4 final) - Janubiy Koreya (1/2 final)


Sizningcha qaysi yo'l osonroq?

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика