Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston MTJ saralash o'yinlarini o'z maydonida qabul qiladi
17 fev 2022 09:13
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston MTJ saralash o'yinlarini o'z maydonida qabul qiladi
Osiyo futbol konfederaciyasi Osiyo kubogining saralash bahslarini qabul qiluvchi mamlakatlar nomini elon qildi.
Unga ko'ra, 6 ta guruhdagi saralash o'yinlari 6 ta mamlakat - Hindiston, Quvayt, Qirg'iziston, Malayziya, Mo'g'uliston va O'zbekistonda o'tkaziladi.
Saralash o'yinlari shu yilning 8-14 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning o'zi esa 2023 yilning iyuniga rejalashtirilgan.
Saralash bosqichining qura tashlash marosimi 24 fevral kuni o'tkaziladi.
Fikrlar