Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi uchun to'rt mamlakat ariza berdi
18 iyu 2022 19:10
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi uchun to'rt mamlakat ariza berdi
Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) OFKga azo to'rtta associaciyadan Osiyo Kubogi–2023 final bosqichini o'tkazish istagida yuborgan bildirishnomalarini qabul qildi.
Unga ko'ra, Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar mamlakatlari kelgusi yil o'tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqani qabul qilishga tayyor.
Mazkur tenderga hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati 2022 yilning 31 avgustigacha etib belgilangan.
SHundan so'ng OFK mamuriyati tomonidan takliflarning umumiy muhokamasi o'tkaziladi va 17 oktyabr kuni OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan 24 jamoa ishtirokidagi musobaqa mezboni elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston uchinchi saralash bosqichi orqali turnir yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
22:21
Angliya kubogi. "Liverpul" 4ta, "CHelsi" esa 5ta, "Lester" esa 6ta gol urdi va boshqa natijalar 4
Fikrlar