So’nggi yangiliklar

08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  26 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31

Osiyo Kubogi-2023. Finalda 3ta penalti tepgan Qatar chempion bo'ldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2023. Finalda 3ta penalti tepgan Qatar chempion bo'ldi

Osiyo Kubogi-2023 finali o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda Akram Afifning xet-triki Qatarga ketma-ket ikkinchi chempionlikni keltirdi.

Jordan

Yazan Al-Naimat - 67'

Asian Cup Final Stage . Final-tur

10/02/2024, 19:00

3
:
1
Tugadi

Qatar

Akram Afif - 22', Akram Afif - 73', Akram Afif - 90'

Stadion: Lusail Stadium, 86492 tomoshabin

45'
90'
18'  Ali Iyad Olwan
45'  Salem Al Ajalin
67'  Yazan Al-Naimat
67'  Ehsan Haddad
80'  Mahmoud Al Mardi (Saleh Rateb)
86'  Yazan Al-Naimat
90'  Yazeed Yazeed Abulaila
90'  Ali Iyad Olwan (Anas Hamad)
22'  Akram Afif
53'  Jassem Gaber (Ali Assadalla)
53'  Hassan Al Haidos (Abdulaziz Hatem)
63'  Yusuf Abdurisag (Ismael Mohammad)
73'  Akram Afif
81'  Almahdi Ali Mukhtar (Boualem Khoukhi)
90'  Akram Afif
90'  Ali Assadalla
90'  Meshaal Barsham

Osiyo Kubogi-2023

Final

10.02.2024

"Lusayl" stadioni

Iordaniya - Qatar 1:3

Gollar: YA.Al Naymat (E.Haddad) 67  - A.Afif 22 (pen.), 73 (pen.), 90+5 (pen.)

Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)

Qanot hakamlari: Jang CHeng, Jou Fey (ikkisi Xitoy)

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)

Beshinchi hakam: Andrey Capenko (O'zbekiston)

VAR: Fu Ming (Xitoy)

AVAR: Iida Jumpey (Yaponiya)

Iordaniya: 1.Yazid Abulayla, 3.Abdallah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8.Nur Al Din, 9.Ali Olvan (25.Anas Hammad, 90+5), 10.Musa Al Tamari, 11.Yazan Al Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (18.Saloh Ratib, 80), 17.Salim Al Ajalin, 21.Nizar Al Rashdan, 23.Ehson Haddad (s).

Zaxira: 12.Abdallah Al Fahori, 22.Ahmad Juaydi, 2.Muhammad Abunashesh, 4.Bara Marie, 14.Rojai Ayed, 16.Feras SHilbaya, 19.Anas Bani Yassin, 24.Yusuf Abu Jalboush, 26.Fadi Avad. 

Qatar: 22.Meshal Barsham, 3.Al Mahdi Ali Muxtor (16.Bualem Xuxi, 81), 4.Muhammad Vaad Al Bayati, 5.Tariq Salmon, 9.Yusuf Abdurisag (17.Ismoil Muhammad, 63), 10.Hasan Al Haydos (6.Abdul Aziz Hatim, 53), 11.Akram Afif, 12.Lukas Mendes, 19.Almoez Ali, 20.Ahmad Fathi Abdulla, 24.Jassim Jobir Abdusallam (8.Ali Asad, 53).

Zaxira: 1.Saad Al SHib, 21.Salah Zakariya, 2.Pedro Korrea, 7.Ahmad Alaadin, 15.Bassam Al Ravi, 18.Sulton Al Breyk, 23.Mustafo Tariq Mashal, 25.Ahmad Alg'oni.

Ogohlantirishlar: A.Olvan 18, S.Al Ajalin 45+7, YA.Al Naymat 86, YA.Abulayla 90+4 - A.Asad 90+9, M.Barsham 90+16


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Qatar penaltidan 3ta gol urdi va ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempioni bo'ldi.

90+5 - GOOOLLL! Yana Afif, yana penalti va yana gol. Qatarda finalda uchta 11 metrlik evaziga g'alaba qozonadigan bo'lmoqda. Nimalardir bo'ldi.

90+4 - Yana penalti. Hakam birinchi ofsayd deb qaror qabul qilgan joyida VARga borib pnalti qo'ydi. Iordaniya futbolchilari hakam va stadionga qarab kulgancha qarsak chalib qo'yishdi.

Hozir bosh hakam yana VARga bordi va yana Iordaniya darvozasiga penalti qo'yish mumkin yoki mumkin emasligini ko'rmoqda.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 13 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89 - Bosh hakam Ma Ning VARga borib ehtimoliy qizil kartochkani ko'rdi va shart emas deb hisobladi.

86 - Yazan Al Naymat ogohlantirildi.



81 - Qatarda o'zgarish: Jarohat olgan Al Mahdi o'rniga Bualem Xuxi maydonga tushdi.

80 - Iordaniyada o'zgarish: Al mardi o'rniga Saleh Ratib tushdi.

77 - Yazan Al naymatning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

73 - GOOOOOLLLLL!!! Iordaniyaning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Akram Afif yana penaltidan gol urdi va yana Qatarni oldinga olib chiqdi.

72 - Yana penalti, yana Iordaniya darvozasiga. Bosh hakam Ma Ning VARni borib ko'rdi va uchrashuvda ikkinchi bor penalti belgiladi.

67 - GOOOOLLLLL!!! Yazan Al Naymat hisobni tenglashtirdi. To'pni nozik to'xtatish va aniq zarba. Iordaniya o'yinga qaytdi degandikku, man intriga ham qaytdi bahsga.

63 - Qatarda o'zgarish: Yusuf Abdurisag o'rniga Ismoil Muhammad tushdi.

61 - Zarba ketidan yana zarbaaa, avvaliga Tamarining o'ng oyoqdagi zarbasini Barsham qaytardi, keyin Nurning tovon bilan tepgan to'pi sal noaniq ketdi. Iordaniya o'yinga qaytdi, qaytganda ham o'yinni qizdirmoqda.

60 - Zarbaaa, markaziy himoyachi Yazan Al Arabning yarim qaychi uslubidagi zarbasini yana Barsham qaytardi. Qatar posbonidan 1 daqiqa ichida ikkita chiroyli seyv.

59 - Zarbaaa, Tamarining pasidan keyin Ehson tepgan kuchli va aniq zarbani Barsham qaytardi.

57 - Zarbaaa, Ali Olvanning qaychi uslubidagi zarbasi noaniq chiqdi.

53 - Qatarda o'zgarishlar: Hasan Al Haydos o'rniga Abdul Aziz Hatim, Jassim Jobir Abdusallam o'rniga esa Ali Asad tushdi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.



Birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi. Afifning penaltidan kiritgan yagona goli hozircha Qatarga g'alaba taqdim etmoqda.

45+7 - O'yindagi ikkinchi sariq kartochka Iordaniyaning markaziy himoyachisi Salim Al Ajalinga ko'rsatildi.

45+6 - Al Tamarining navbatdagi qulay nuqtadan bergan zarbasi ancha noaniq.

45+5 - Afif burchak zarbasini to'g'ri darvozaga tepib ko'rdi, himoyachilar qaytarishdi.

45+3 - Zarbaaa, Al Tamarining aniq va darvozaga kirib ketayotgan zarbasini Qatarning chap qanot himoyachisi Vaad qaytarib qoldi.

45+2 - Akram Afif zamblda olib chiqib ketildi, u oyog'ini qayirib oldi.

45 - Nizar Al Rashdanning uzoqdan yo'llagan zarbasi qo'shni uy tomonga ketdi. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.


Afif golni shu tarzda nishonladi.


33 - Zarbaaa, Lukas Mendesning bosh bilan bergan zarbasini Iordaniya posboni qaytarib qoldi.

22 - GOOOOOLLLLL!!! Jabrlanuvchi Akram Afifning o'zi penaltini aniq amalga oshirdi. Akram OK-2023 to'purari bo'ladi.

20 - Penalti. Ma Ning Iordaniya darvozasiga penalti belgiladi. Abdulloh Nasib Afifni orqasidan chalib yiqitdi.

18 - O'yindagi birinchi sariq kartochka Iordaniyaning 9-raqamdagi o'yinchisi Ali Olvanga ko'rsatildi.


FIFA prezidenti Janni Infantino hamda Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Al Soniy.


16 - Zarbaaa, Yazan Al Naymat 20 mterlardan kuchli va aniq zarba yo'lladi. Qatar posboni Meshal barsham to'pni urib yubordi.

14 - Qatar tezkor qarshi hujumga bordi, Yusuf Abdurisag to'pni oldirib qo'ydi.

8 - Zarbaaa, Akram Afifdan navbatdagi aniq zarba va yana raqib posboni o'z joyida.

7 - Afifdan o'yindagi birinchi aniq zarbaaa, Yazid Abulayla o'z joyida.

3 - Uchrashuvdagi birinchi zarbani iordaniyaliklar etakchisi Musa Al Tamari berdi, noaniq.

1 - Uchrashuvga start berildi.

- Bugungi uchrashuvda o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev to'rtinchi, Andrey Capenko esa beshinchi hakam vazifasini bajaradi. 2019 yilgi Osiyo Kubogi finalini Ravshan Ermatov boshqarganda bugun bosh hakam bo'lib turgan Ma Ning to'rtinchi hakam bo'lgandi.

- Har ikkala mamlakat madhiyalari yangradi, endi jamoalar o'yinoldi rasmiy tadbirlarni o'tkazib olishadi. Ikkala jamoa tarkibida ham jiddiy yo'qotishlar yo'q, optimal tarkiblar maydonga tushgan.


Final uchun chiqarilgan tilla rangdagi maxsus to'p.


Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! 1 oy davom etgan Osiyo Kubogi bahslari bugun o'z yakuniga etadi. Iordaniya o'z ertagini chiroyli yakunlab qo'yadimi yoki Qatar ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempioni bo'ladimi bir necha soatlardan keyin bilib olamiz. Uchrashuvdan matnli translyaciyani shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: -94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика