So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  4 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  5 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  20 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0

Osiyo kubogi-2023. "E" guruhi 2-tur o'yinlariga prevyu Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. "E" guruhi 2-tur o'yinlariga prevyu

Bugun Osiyo kubogi 2-tur bahslari davom ettiriladi.

Iordaniya — Janubiy Koreya

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa o'zaro 5 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, ikkitasida koreyaliklar ustun kelgan, yana shuncha bahsda durang qayd etilgan, bir o'yinda esa arablar g'alaba qozongan. To'plar nisbati: 3-4, Koreya foydasiga.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Iordaniya to'rt marotaba turnirda qatnashib, uchtasida guruhdan chiqishni uddalagan. Eng yaxshi natija — chorak final.

Janubiy Koreya 15-marotaba qita birinchiligida ishtirok etmoqda. Koreyaliklar turnir tarixidagi dastlabki ikki titulni qo'lga kiritgan va 1960 yildan buyon boshqa sovrin yuta olmagan.


Guruhdagi holat

Iordaniya 1-turda Malayziya darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi.

Janubiy Koreya esa Bahraynni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Iordaniya terma jamoasini 13.65 million evro, Janubiy Koreya terma jamoasini esa 193 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Husayn Ammuta (Iordaniya bosh murabbiyi): "Biz dastlabki o'yinni ajoyib ruhda o'tkazdik va uch ochko qo'lga kiritdik. Amoo endilikda turnirdagi eng kuchli jamoalardan biri bilan to'qnash kelamiz. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlikda birdamlik muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy etiborimiz himoyaga va raqibga bo'sh zonalar qoldirmaslikka qaratiladi."

Yurgen Klinsmann (Janubiy Koreya bosh murabbiyi): "O'zim futbolchi bo'lganim uchun jarohatlar va kartochkalar futbolda uchrab turadigan holat deb bilaman. Ogohlantirishlar o'yinning bir qismidir va undan qochib ketolmaysiz hamda hadik bilan maydonga tushib bo'lmaydi. Biz asosiy darvozabonimizni yo'qotganimizdan (futbolchi jarohat oldi — tahririyat.) afsusdamiz. Biz qolgan o'yinlarda uning uchun ham kurash olib boramiz."

Imkoniyatlar(%): 30-30-40


Bahrayn — Malayziya

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa o'zaro 14 marotaba to'qnash kelgan. Ularning 8 tasida Bahrayn g'olib chiqqan, ikkitasida Maylayziya zafar quchgan. 5 o'yinda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 33-17, Bahrayn foydasiga.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Bahrayn 6 marotaba final bosqichida qatnashib, 2004 yil 4-o'rin bilan kifoyalangan.

Dastlab Malaya, keyinchalik hozirgi nom ostida Osiyo kubogida ishtirok eta boshlagan Malayziya uch marotaba guruh bosqichida qolib ketgan.


Guruhdagi holat

Bahrayn ilk turda Janubiy Koreyaga 1:3 hisobida yutqazdi.

Malayziya Iordaniyadan javobsiz to'rtta gol qabul qilib oldi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Bahrayn terma jamoasini 10 million evro, Malayziya terma jamoasini esa 6.78 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Xuan Antonio Picci (Bahrayn bosh murabbiyi): "Malayziyaga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Ikkala jamoa ham pley-off bosqichiga yo'l olishni maqsad qilgan. G'alaba qozonish uchun intilamiz."

Kim Pan Gon (Malayziya bosh murabbiyi): "Bo'lajak o'yinga dastlabkisidagidek ruhiyatda yondashamiz. Biz jasoart ko'rsatib, raqib bilan tengma-teng kurashishni xohlaymiz. Ilk turdagi natijadan barchaning hafsalasi pir bo'ldi. Malayziya kuchli mentalitetga ega. Futbolchilar yanada kuchliroq bo'lgan holda qaytishadi."

Qiziqarli faktlar

- Bahrayn Malayziyaga qarshi so'nggi 8 o'yinda mag'lubiyatga uchramagan (5 g'alaba, 3 durang). Biroq jamoalar Osiyo kubogida ilk marotaba yuzma-yuz keladi.

- Bahrayn 7 ishtirokining birortasida ilk o'yinda g'alaba qozona olmadi (3 durang, 4 mag'lubiyat).

- Malayziya Osiyo kubogi ketma-ket 4-o'yinida yutqzadi va 1 gol urib, 16 ta to'p o'tkazib yubordi.

- Abdulloh Al Hashash ilk turda Janubiy Koreya darvozasini ishg'ol qilib, Bahrayn terma jamoasi safida Osiyo kubogida gol urgan eng keksa futbolchiga(31 yosh 151 kun) aylandi.


Imkoniyatlar(%): 40-35-25

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика