Osiyo Kubogi-2019dagi raqibimiz. Turkmaniston haqida
07 may 2018 15:15
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019dagi raqibimiz. Turkmaniston haqida
Ushbu guruhda vakillarimiz Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan o'ynaydi. Biz guruhdagi raqiblar haqida malumot berishni boshlaymiz. Dastlab qo'shnilarimiz Turkmaniston haqidagi malumotlar berishga qaror qildik.
Turkmaniston futbol Federaciyasi
Laqabi: Marjonlar, Axaltekinlar
Bosh murabbiy: Yazguli Xojageldiev
Sardor: Ahmad Ataev
Eng ko'p gol urgan: CHariyar Muhadov 13ta gol
Eng ko'p o'yin o'tkazgan: Omar Berdiev 37ta o'yin
Uy stadioni: "Ashxabod" stadioni
FIFA kodi: TKM
Birinchi o'yini:
1992 yil 1 iyun
Qozog'iston - Turkmaniston 1:0
Eng yirik g'alabasi
2003 yil 19 noyabr
Turkmaniston - Afg'oniston 11:0
Eng yirik mag'lubiyati:
2000 yil 10 fevral
Quvayt - Turkmaniston 6:1
Osiyo kubogida:
Bitta ishtirok (2004 yil)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (2004)
Jahon chempionatida:
Ishtirok etmagan
Osiyo o'yinlarida:
Ikkita ishtirok (1994 va 1998)
OFK CHaqiruv kubogi:
To'rtta ishtirok: (2008, 2010, 2012, 2014)
Eng yaxshi natijasi: Ikkinchi o'rin (2010, 2012)
Turkmaniston terma jamoasi Markaziy Osiyo terma jamoalari ichida o'rtamiyona, Osiyoda esa endi-endi yuqoriga intilayotgan jamoa hisoblanadi.
Xuddi O'zbekiston singari Turkmaniston o'z tarixida Jahon chempionatiga chiqa olmagan. Biroq bizdan farqli ravishda qo'shnilarimiz Jahon chempionatlari saralashlarini ancha barvaqt tugatishgani hech kimga sir emas.
Turkmaniston ikkinchi bor Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etadi. Ular 2004 yil Xitoyda o'tgan qita chempionatida debyut qilishgandi. O'shanda Turkmaniston saralash bosqichida Suriya va SHri-Lankani ortda qoldirib BAA bilan birga yo'llanmaga ega chiqqandi.
2004 yilgi Osiyo kubogida ham Turkmaniston O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgandi. osiyo kubogidagi ilk uchrashuvdayoq qo'shnilarimiz ochko olishgan. Saudiya Arabistoni bilan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Iroqqa qarshi uchrashuvda 2:3 hisobidagi alamli mag'lubiyat qayd etilgan. So'nggi turda O'zbekistonga qarshi maydonga tushgan Turkmaniston Mirjalol Qosimovning jarimadan urgan goli tufayli mag'lubiyat alamini totib ko'rgan va guruhda uchinchi o'rinni band etib musobaqani tark etgandi.
JCH-2018 saralashida Turkmaniston terma jamoasi Eron, Ummon, Guam va Hindiston bilan bir guruhdan joy olgandi. 8ta uchrashuvda 13 ochko jamg'argan qo'shnilarimiz guruhda uchinchi o'rinni olib mundial saralashidan chiqib ketib OK-2019 saralashini davom ettirishgandi.
Qita chempionati saralashida Turkmaniston, Bahrayn, Xitoy Taypei va Singapur bilan bir guruhdan joy oldi. 6ta uchrashuvda 10 ochko to'plagan jamoa Bahrayn bilan birga BAAdagi Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Suratda: Yazguli Xojageldiev
Bugungi kunda Turkmaniston terma jamoasini Yazguli Xojageldiev boshqarib bormoqda. 41 yoshli murabbiy 2010-2013 yillarda ham terma jamoa ustozi sifatida ishlagan.
Murabbiylik faoliyatini 2006 yil 30 yoshida boshlagan Xojageldiev birinchi yildayoq MTTUni mamlakat chempioni qildi. Bugungi kunda u ham Turkmaniston, ham "Oltin Asr" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
So'nggi yillarda Turkmanistonning eng kuchli murabbiylaridan biri hisoblangan Xojageldiev 2010 va 2012 yillarda terma jamoani OFK CHaqiruv kubogi musobaqasida finalga qadar olib chiqqan.
Ikki klub bilan olti marta Turkmaniston chempioni bo'lgan, 4 marta mamlakat kubogi va 2 bor Turkmaniston Superkubogi sohibiga aylangan. O'zbek muxlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan Gochguli Gochguliev ayni paytda Turkmaniston terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.
Turkmaniston terma jamoasi safida bugungi kunda "Buxoro" klubida o'ynayotgan Arslonmurot Omonov etakchi hisoblanadi. Bundan tashqari CHexiyaning "Slaviya" klubida o'ynayotgan Rulsan Mingazov ham jamoada o'z o'rniga ega. Turkmanistonlik Elman Tagaev, Ilya Tamurkin, Sardorali Ataev, Altimurat Annadurdiev kabi futbolchilar turli yillarda O'zbekiston klublarida to'p tepishgan yoki ko'rikdan o'tishgan.
Suratda: Arslonmurod Omonov ispaniyalik Xavi bilan birga
Turkmaniston va O'zbekiston shu kunga qadar 9 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. O'zbekiston 7 marta, Turkmaniston 1 marta g'alaba qozongan. Bir bor durang qayd etilgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2004 yilda kuzatilgan.
Sana | O'yin | Hisob | O'yin maqomi |
26.07.2004 | O'zbekiston - Turkmaniston | 1:0 | Osiyo Kubogi-2004 |
03.05.2001 | O'zbekiston - Turkmaniston | 5:2 | JCH-2002 saralashi |
25.04.2001 | O'zbekiston - Turkmaniston | 1:0 | JCH-2002 saralashi |
08.10.2000 | O'zbekiston - Turkmaniston | 3:0 | O'rtoqlik o'yini |
11.12.1998 | O'zbekiston - Turkmaniston | 1:1 | Osiyo o'yinlari |
11.10.1994 | O'zbekiston - Turkmaniston | 3:0 | Osiyo o'yinlari |
11.04.1994 | O'zbekiston - Turkmaniston | 4:0 | Mustaqillik kubogi |
25.10.1992 | Turkmaniston - O'zbekiston | 1:0 | Markaziy Osiyo kubogi |
28.06.1992 | O'zbekiston - Turkmaniston | 2:1 | Markaziy Osiyo kubogi |
Narzulla Saydullaev
Fikrlar