So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Osiyo Kubogi-2019. Raqibimiz Turkmaniston nima uchun FIFA kunlaridan foydalanmayapti? Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Raqibimiz Turkmaniston nima uchun FIFA kunlaridan foydalanmayapti?

2019 yil yanvar oyida BAA mamlakatida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan to'qnash keladi.

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. 11 sentyabrda vakillarimiz Eron bilan kuch sinashishadi. Yaponiya va Ummon ham sentyabr oyidagi FIFA kunlarida o'rtoqli o'yinlarida ishtirok etishadi.

Biroq negadir qo'shnilarimiz FIFA kunlarida yig'ilishmadi. Biz bunga oydinlik kiritish maqsadida Turkmaniston futbol Federaciyasiga murojaat qildik.

Federaciya vakili Orazgeldi Geldiev Turkmaniston terma jamoasi nima uchun sentyabr oyida yig'in o'tkazmayotganiga izoh berdi.

"Oltin Asr" Turkmaniston terma jamoasining bazaviy klubi ekanligidan xabaringiz bo'lsa kerak. SHu bois ayni paytda terma jamoa yig'in tashkil qilmadi. "Oltin Asr" bugungi kunda OFK kubogi interzonal finali doirasidagi "Aprel 25" (KXDR) klubi bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda", - deydi Orazgeldi Geldiev.



22 va 29 avgust kunlari "Oltin Asr" OFK kubogi interzonal yarim finali doirasida Hindistonning "Bengaluru" klubi bilan o'yinlar o'tkazdi. Ilk uchrashuvda Turkmaniston klubi safarda 3:2 hisobida, javob o'yinida o'z uyida 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Aprel 25" bilan interzonal finalning dastlabki o'yini 19 sentyabr kuni KXDRda bo'lib o'tadi. Javob bahsi 3 oktyabr kuni Ashxobod shahrida bo'lib o'tadi.

Etiborlisi Turkmaniston terma jamoasi ustozi Yazguli Xojageldiev ayni paytda "Oltin Asr"da ham bosh murabbiy hisoblanadi.


OFK kubogi-2018.
Interzonal yarim final. Javob o'yini
"Oltin Asr" - "Begaluru" 2:0
Gollar: 
Altimurat Annadurdiev 50, Vohit Orazsaxedov 58.
"Oltin Asr": Mamed Orazmuhamedov, Zafar Bobojonov, SHohrat Suyunov, Mekan Saparov, Altimurat Annadurdiev, Selim Nurmuradov (Mixail Titov, 69), Serdar Annaorazov, Resul Xojaev, Mekan Ashrov (Begmurat Bayov, 76), Serdar Geldiev (Velmurat Ballakov, 90+2), Vohit Orazsaxedov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика