Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston guruhdan chiqsa kim bilan o'ynashi mumkin?
05 may 2018 11:28
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston guruhdan chiqsa kim bilan o'ynashi mumkin?
2019 yilgi Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi qaysi guruhga tushganidan xabaringiz bor.
Vakillarimiz "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan o'ynaydi.
Agar O'zbekiston guruhda birinchi o'rinni olishsa 1/8 finalda "E" guruhida ikkinchi o'rinni olgan jamoa bilan o'ynaydi. "E" guruhida Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan va KXDR jamoalari bor.
Agar O'zbekiston guruhda ikkinchi o'rinni olsa nimchorak finalda "B" kvartetida ikkinchi bo'lgan jamoa bilan to'qnash keladi. Ushbu guruhda Avstraliya, Suriya, Falastin va Iordaniya joy olgan.
Agar O'zbekiston uchinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqa olsa "C" yoki "D" guruhida birinchi o'rinni olgan jamoaga qarshi o'ynaydi. "C" guruhida Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg'iziston va Filippin bor. "D" guruhida esa Eron, Iroq, Vetnam va Yaman joy olgan.
Fikrlar