So’nggi yangiliklar

20:10Эрон. "Истиқлол" - "Малаван". Машарипов асосий таркибдами?  0 19:49Санчо яна МЮни тарк этадими?  0 19:21"Вальядолид" "Реал" футболчисини ижарага олди  0 19:00Суперлига. "Металлург" – "Динамо" 0:1 (матнли трансляция)  13 18:49"Барселона" футболчисини Франция клубига сотмоқда  1 17:53"Челси" "Наполи" таклифини рад қилди  2 17:32Тожикистон грузиялик мураббий билан ҳамкорлик қилишда давом этади. Унинг олдига термани Осиё Кубоги-2027га олиб чиқиш вазифаси қўйилган  1 17:07Камавинга ортидан "Реал"нинг яна бир асосий футболчиси жароҳат олди  1 16:45Футбол олами. Қолдирилган ўйинларда "Пахтакор" ва "Нефтчи" ютқазди, "Насаф"да ғалаба  0 16:30"Where is Messi?". "Give Me Sport" футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳужумчилар рўйхатини шакллантирди  8 16:05Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Металлург" 2, "Нефтчи", "Насаф" ва ОКМК 1 нафардан йўқотишга эга  5 15:51Футзал. Жаҳон чемпионати иштирокчиларининг асосий "қуроллари"  1 15:35"Ливерпуль" ҳимоячисини "Брентфорд"га сотишдан 25 млн фунт фойда қилди  0 15:11Расман: Илкай Гюндоган "Манчестер Сити"га қайтди!  4 14:52"Челси" 7 нафар футболчисига чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  1

Osiyo Kubogi-2019. Vetnam chorak finalda! Iordaniya uyiga ketadi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Vetnam chorak finalda! Iordaniya uyiga ketadi

Ayni damda Osiyo Kubogining 1/8 finali doirasidagi Iordaniya - Vetnam uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning muhim vaziyatlarini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.


YANGILASH




IORDANIYA - VETNAM 1:1 (penaltilar seriyasi 4:2)
20 yanvar, Dubay. "Al Maktum" stadioni.
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oni (Eron)

Gollar: Baha Abdulrahmon 39, - 1:0. Nguyen Kong Pxuong 51, - 1:1. 

Iordaniya: 1. Amir SHafi, 2. Firas Zeyad, 3. Tariq Xattab, 4. Baha Abdulrahmon, 6. Said Hassan Al Murjan (9. Baha Faysal, 71), 7. Yusuf Ravshdex (10. Ahmad Samir Solih, 105+2), 11. Yasin Bahit (23. Ehson Xaddad, 98), 13. Xalil Baniyateh, 18. Musa Sulaymon (14. Ahmad Ersan, 98), 19. Anas Bani Yasin, 21. Salim Al Ajalin
Zaxira: 12. Ahmad Navvas, 22. Mutaz Yasin, 5. Yazan Al Arab, 8. Obayda Al Samrieh, 15. Bara Sami Marie, 16. Solih Ibrohim Ratib, 17. Muhammad Al Basha, 20. Oudi Xodir Al Qara,

Vetnam: 23. Dang Van Lam, 2. Do Duy Man, 3. Kue Ngok Xay, 4. B.T. Dung, 5. Doan Van Xau, 7. Nguyen Xuy Xung (9. Nguyen Van Toan, 96), 8. Nguyen Trong Xoang (14. Tran Min Vuong, 117), 10. Nguyen Kong Pxuong (22. Nguyen Tien Lin, 77), 16. Do Xung Dung, 19. Nguyen Kuang Xay, 20. Fan Van Duk (6. Luong Xuan Truong, 105)
Zaxira: 1. B.Tien Dung, 13. Nguyen Tuan Man, 11. Ngan Van Day, 12. Nguyen Pxong Xong Duy, 15. Pxam Duk Xuy, 17. Xo Tan Tay, 18. Xa Duk CHin, 21. Nguyen Tan CHung.

Ogohlantirishlar: Halil Baniyateh 57.



Penaltilar seriyasi: 

1.Kue Ngok Xay  - GOL!

2.Baha Abdulrahmon - GOL! 

3. Do Xung Dung - GOL!

4. Baha Faysal - TO'SIN!

5. Luong Xuan Truong - GOL!

6. Ahmad Samir Solih - DARVOZABON!

7. Tran Min Vuong - DARVOZABON!

8. Ahmad Ersan - GOL! 3:2

9. B.T. Dung - GOL! 4:2


VETNAM CHORAK FINALDA! SENSACIYAYAYA!  Ana shunaqa, guruh bosqichida Avstraliyani mag'lub etib nimchorak finalda Vetnamga yutqazib qo'yish hech gap emas.




120+1. Uchrashuv qo'shimcha taymlari ham tugadi. Endi g'olib penaltilar seriyasida malum bo'ladi

117. O'zgarish. Vetnam. Nguyen Trong Xoang o'rniga Tran Min Vuong tushdi

115. Osiyo Kubogining birinchi nimchorak finali shunchalik bo'lsa qolgan o'yinlar qanday bo'larkin? Sizu bizni ajoyib o'yinlar kutmoqda. 

112. Iordaniyalik futbolchilar esa shoshilishmoqda. Ular o'yinda g'alaba qozonishni istashmoqda.

110. Vetnamlik murabbiylar shogirdlaridan shoshilmaslikni so'rashmoqda. Demak Vetnam penaltilar seriyasini kutmoqda

106. So'nggi qo'shimcha taym boshlandi


105+2. O'zgarish. Iordaniya. Yusuf Ravshdex o'rniga Ahmad Samir Solih tushdi

105. O'zgarish. Vetnam. Fan Van Duk o'rniga Luong Xuan Truong tushdi

102. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! Abdulrahmonning kuchli zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi

102. Iordaniya jarima to'piga ega bo'ldi. Yana Baha Abdulrahmon zarba yo'llaydi

98. O'zgarish. Iordaniya. Yasin Bahit o'rniga Ehson Xaddad va Musa Sulaymon o'rniga Ahmad Ersan tushdi

98. Xavfli vaziyat!  Yasin Bahitning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

96. O'zgarish. Vetnam. Nguyen Xuy Xung o'rniga Nguyen Van Toan tushdi

91. Dastlabki ekstra taym boshlandi


90+3. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha durang. Endi 15 daqiqadan ikkita qo'shimcha taym guvohi bo'lamiz.

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi

90. Ko'rinishidan g'olib asosiy vaqtda aniqlanmaydi shekilli

87. Oxirgi daqiqalarda Vetnam tashabbusga ega bo'lmoqda va hujumga ko'proq o'tmoqda. Iordaniyaning esa negadir o'yini chiqmayapti. Avstraliyani mag'lub etgan Iordaniya emas bu.

85. Qiziq, endi stadionga 14205 tomoshabin kelgani elon qilindi

77. O'zgarish. Vetnam. Nguyen Kong Pxuong o'rniga Nguyen Tien Lin tushdi

77. Malumot uchun, Iordaniya bu musobaqada hozircha 4ta gol urdi. Barchasi birinchi taymda. Ikkinchi taymda umuman gol yo'q.

76. Bugungi uchrashuvni ko'rish uchun "Al Maktum" stadioniga 8761 tomoshabin kelgani elon qilindi. 

74. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Do Xung Dung tomonidan yo'llagan kuchli va aniq zarbani SHafi mushtlari bilan qaytardi, xavfli zarba edi.

71. O'zgarish. Iordaniya. Said Hassan Al Murjan o'rniga Baha Faysal tushdi. Vital Borkelmans yarim himoyachi o'rniga hujumchini maydonga tushirdi.

64. Uchrashuv shiddati yuqoriligidan bir soat o'tib ketganini sezmay ham qolibmiz

61. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Yana Vetnamning hujumi, bu safar Nguyen Kuang Xayning zarbasi noaniq ketdi

60. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! VETNAM hozir yana gol urishi mumkin edi! Himoyadagi xatodan so'ng Fan Van Duk SHafini aldab zarba berdi, ammo himoyachi darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarishga erishdi

59. Ikkala jamoaga ham rahmat. Ajoyib hujumkor o'yin ko'rsatishmoqda. Achinarlisi bu jamoalardan biri bugun Osiyo Kubogini tark etadi

58. Iordaniya bu musobaqada birinchi bor gol o'tkazib yuborganini takidlash lozim. Guruh bosqichida Amir SHafi darvozasiga Avstraliya ham, Suriya ham, Falastin ham gol ura olmagan edi.

57. Ogohlantirish. Iordaniya. Halil Baniyateh raqibini yiqitgani uchun sariq oldi

51. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Nguyen Kong Pxuong darvozaga joylab qo'ydi. Bu safar Amir SHafi ham hech narsa qila olmay qoldi. Ajoyib o'yinni ko'rishda davom etamiz.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VETNAM HISOBNI TENGLASHTIRDI! 1:1

46. Ikkinchi taym boshlandi. 


Uchrashuvni tomosha qilish uchun OFK prezidenti SHayx Salmon bin Xalifa va FIFA vice-prezidenti, Iordaniya shaxzodasi Ali bin Al Hussayin ham keldi 


45+1. Birinchi taym yakuniga etdi. SHiddatli, hujumlarga boy, chiroyli gol urilgan taym yakuniga etdi. Ikkinchi taym bundan kam bo'lmaydi deb umid qilamiz. 

45. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Tajribali Amir SHafiga bugun oson bo'lmayapti, u navbatdagi zarbani qaytarib jamoasini goldan qutqarib qoldi.

43. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Vetnam tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqib ketmoqchi. Do Xung Dung tomonidan yo'llagan kuchli va aniq zarbani Amir SHafi qaytardi!

40. O'yinning fotogalereyasini saytimizning maxsus bo'limida kuzatib borish mumkin.  FOTOGALEREYA

39. Belgilangan jarima to'pini Baha Abdulrahmon Toni Kroos uslubida darvozaga joylab qo'ydi. Qoyilmaqom ijro va hisob ochildi - 1:0.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AJOYIB GOL! SUPER GOL!  TOMOSHA QILISH

39. Endi yaqinroqdan. Iordaniya yana jarima to'pi tepadi.

38. Iordaniyada jarima to'pi. Yo'llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi.  

35. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! AJOYIB SEYV! QOYIL VETNAM! Doan Van Xauning jarima maydoni yonidan yo'llagan kuchli zarbasini Amir SHafi qaytardi. O'yin dahshat bo'lmoqda. Buni ko'rish shart. 

30. O'yin boshlangach stadionga iordaniyalik ko'plab muxlislar kirib kelishdi va hozir 15 minglik stadionning deyarli yarmini egallashdi.

29. Xavfli vaziyat! Javob hujumi, jamoalar tinim bilishmayapti. Yasin Bahit jarima maydoni ichida qulay vaziyatda zarba berdi, ammo oldinroq to'p uning qo'liga tekkani uchun o'yin to'xtatildi

28. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Vetnamliklar jarima to'piga ega bo'lishdi, Doan Van Xau tomonidan bosh bilan yo'llangan zarbani Amir SHafi ushlab oldi

26. XAVFLI VAZIYAT! Iordaniyaning navbatdagi hujumi, Musa Muhammad Sulaymon jarima maydoni ichiga kirib borib chap oyoqda zarba berdi, kuchsiz zarbadan so'ng darvozabon to'pni osongina ushlab oldi. 


25. Dubayda havo ajoyib. Ayni futbol o'ynaydigan havo desak yanglishmaymiz. Engil shabada esib turibdi.

20. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyat! Iordaniya gol urishga juda yaqin keldi. O'ng qanotdan Firas SHilbayya tomonidan uzatilgan to'p Yasin Bahitga bordi, darvoza yonida turgan futbolchining zarbasi anchayin noaniq chiqdi. SHundoqqina darvoza ortida o'tirgan vetnamlik muxlis va muxlisalar xursandchilikdan baqirib yuborishdi 

17. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! O'yindagi birinchi chinakamiga xavfli hujum. Yusuf Ravshdexning zarbasini darvozabon ushlab oldi. 

16. Aytgancha fevral oyida bu stadionda "Paxtakor" klubi o'ynashi mumkin. Buning uchun jamoa dastlab Iroq klubini mag'lub etishi kerak. SHundan keyin "Al Nasr" mehmoni bo'ladi.

12. Iordaniyaliklar jarima to'piga ega bo'lishdi, to'p osonlik bilan qaytarildi.


Ikki murabbiy o'yindan oldin. 


10. O'yinda hozircha hech bir tomon xavfli hujum uyushtirgani yo'q. Iordaniyalik darvozabon Amir SHafi turgan tomonga birinchi taymda quyosh tushmoqda, vetnamliklar bundan foydalanib qolish uchun uzoqdan zarba berishmoqda.

6. "Al Nasr" klubiga tegishli bo'lgan stadion 15 000 tomoshabinga mo'ljallangan. Bo'sh joylar juda ko'p, biroq muxlislar o'z jamoalari hujumga o'tsa quloqni qomatga keltiradigan darajada shovqin qilishmoqda.

3. Ilk daqiqalardan Vetnam ko'proq hujumda o'ynamoqda. Koreyalik murabbiy boshchiligidagi Vetnam terma jamoasi o'zagi 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionati finalida o'ynagan yigitlardan tashkil topgan. Vetnam 2019 yilgi Osiyo Kubogining eng yosh jamoasi hisoblanadi. Bu jamoaning o'rtacha yoshi 23ni tashkil etadi. Iordaniyada esa bu ko'rsatkich 28 yoshga teng.

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Osiyo Kubogining birinchi nimchorak finali doirasidagi Iordaniya - Vetnam uchrashuvi boshlanishi arafasida. Stadionda ikkala jamoaning ham muxlislari juda ko'p. Ayniqsa iordaniyaliklar juda ko'pchilik. Ular 4ta sektorni egallashgan bo'lsa, Vetnamlik muxlislar 2ta sektorda joylashishgan.

- Diqqat qiling, Dubaydagi "Al Maktum" stadionidan yozamiz.


Jordan

Bahaa Abdulrahman - 39', Bahaa Abdulrahman - 121', Ahmad Hamdouni - 121'

Asian Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

20/01/2019, 15:00

5
:
3
Tugadi

Vietnam

Cong Phuong Nguyen - 51', Ngoc Hai Que - 121', Hung Dung Do - 121', Luong Xuan Truong - 121', Tien Dung Bui - 121'

Stadion: Al Maktoum Stadium, 14205 tomoshabin

Bosh hakam: Alireza Faghani

45'
90'
120'
39'  Bahaa Abdulrahman
39'  Yusef Al Rawashdeh
57'  Khalil Baniateyah
71'  Saeed Murjan (Baha Faisal)
98'  Yassine Al Bakheet (Ehsan Haddad)
98'  Musa Al-Taamari (Ahmad Hamdouni)
105'  Yusef Al Rawashdeh (Ahmed Samir)
51'  Cong Phuong Nguyen
51'  Trong Hoang Nguyen
77'  Cong Phuong Nguyen (Nguyen Tien Linh)
96'  Huy Hung Nguyen (Van Toan Nguyen)
105'  Phan Van Duc (Luong Xuan Truong)
117'  Trong Hoang Nguyen (Minh Vuong Tran)




Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика