Osiyo Kubogi-2019. "D" guruhi murabbiylari

Xayrulla Xoliqov
28 noya 2018, 17:19
BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga tobora kam vaqt qolmoqda.

Quyida "D" guruhi jamoalarini boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha ma'lumot keltirib o'tamiz.

"D" guruhi - Eron, Iroq, Vetnam, Yaman.

Karlush Keyrush (Eron bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 1 mart, 1953 y.


Eron terma jamoasini 2011 yildan beri Karlush Keyrush boshqarib kelmoqda. 65 yoshli portugaliyalik mutaxassis milliy terma jamoa bilan 1976 yilgi voqeani takrorlashga urinib ko'radi. O'shanda Eron Osiyo chempioni bo'lgan.

Srechko Katanets (Iroq bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 16 iyul, 1963 y.

Katta tajribaga ega Srechko Katanets Iroq terma jamoasiga ustozlik qilyapti. 55 yoshli sloveniyalik murabbiy shu yilning sentyabr oyida bosh murabbiy etib tayinlandi. U o'z vatani terma jamoasi bilan JCH-2002da qatnashgan.

Park Sang Xeo (Vetnam bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 5 mart, 1959 y.


Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi janubiy koreyalik Park Sang Xeo hisoblanadi. Bu murabbiy shu yil qishda Vetnam olimpiya terma jamoasi bilan U-23 Osiyo chempionatida finalga qadar yetib bordi. Endilikda milliy terma jamoa bilan Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

Yan Kosian (Yaman bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 13 mart, 1958 y.


Bir oy oldin Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi etib Yan Kosian tayinlandi. 60 yoshga to'lgan slovakiyalik murabbiy Osiyo Kubogi debyutantlaridan birini musobaqada boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia