Osiyo Kubogi-2019. Agar bugun BAA g'alaba qozonsa, Alberto Zakkeroni...
29 jan 2019 17:30
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019. Agar bugun BAA g'alaba qozonsa, Alberto Zakkeroni...
Abu Dabidagi "Muhammad bin Zayed" stadionida BAA va Qatar terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Malumki, BAA terma jamoasiga Alberto Zakkeroni bosh murabbiylik qilmoqda.
Agar bugun BAA g'alaba qozonib finalga yo'l olsa, italiyalik murabbiy ikkita jamoani finalga olib chiqqan Osiyo Kubogi tarixidagi ikkinchi murabbiyga aylnanadi. Birinchi bor bunday natijaga braziliyalik mutaxassis Karlos Alberto Parreyra erishgan. Uning qo'l ostida 1980 yil Quvayt hamda 1988 yil Saudiya Arabistoni terma jamoalari finalga chiqqan.
Zakkeroni allaqachon Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan mutaxassis. U 2011 yil Qatarda o'tkazilgan musobaqada Yaponiya termasini chempionlik shohsupasiga boshlab kelgandi. Endi esa BAA bilan ushbu ko'rsatkichni takrorlashga harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar