So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Osiyo Kubogi-2015 saralash. Ummon – Iordaniya – 0:0 Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015 saralash. Ummon – Iordaniya – 0:0

Ummon poytaxti Maskat shahrida maydon egalari va Iordaniya milliy terma jamoasi o'rtasida Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.
Malumki, Iordaniya JCH-2014 pley-off bosqichida Urguvayga qarshi noyabr oyida ikkita o'yin o'tkazgani tufayli jamoaning Osiyo chempionati saralash bosqichidan o'rin olgan ikki bellashuvi keyinroq muddatga qoldirilgandi.

Garchi Ummonga qarshi kechgan uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsa-da, Iordaniya terma jamoasi hamon Avstraliya-2015ga borish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lib turibdi. Buning uchun iordaniyaliklar ertaga bo'lib o'tadigan Singapurga qarshi bahsda ijobiy natija qayd etishsa kifoya.

O'yindan keyin Iordaniya termasi bosh murabbiyi Hossam Hassan quyidagi fikrlarni aytib o'tdi:
“Bizda Osiyo chempionatiga chiqish uchun hamon imkoniyat bor. Ummonga yutqazib qo'ymaganimizdan xursandmiz. Endi bo'lsa, Singapurni mag'lub etish haqida o'ylaymiz. To'g'risini aytish kerak, Ummon bu o'yinda bizga nisbatan ancha yaxshi to'p surdi. Agar safimizda Quvayt va Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynayotgan yigitlar bo'lganida g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Men Osiyo Kubogiga borishimizga ishonaman”.

Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi Pol Le Guenning fikrlari esa quyidagicha bo'ldi:
“Menga jamoam ko'rsatgan o'yin unchalik yoqmadi. Biz g'alaba qozonishimiz shart edi, lekin durang bilan kifoyalandik. Osiyo chempionatida yaxshi natija ko'rsatishimiz uchun maydonning har bir chizig'ida kurash olib borishimizga to'g'ri keladi. Eng muhimi esa yuzaga keladigan xavfli vaziyatlardan foydalana bilishimiz kerak. SHundagina ko'prog'iga erishishimiz mumkin”.

Eslatib o'tamiz, saralashning “A” guruhida Ummon 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Iordaniya hisobida 6 ochko, Suriyada esa 4 ochko mavjud. Oxirgi o'rinda 3 ochko bilan Singapur boryapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика