So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  1 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “S” guruhiga nazar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “S” guruhiga nazar

Bugun qitamizda Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. “S” guruhida quyidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
16:35. Xitoy – Indoneziya
21:30. S.Arabistoni – Iroq

Guruhda Saudiya Arabistoni termasi 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan Xitoy hisobida 4 ochko bor. Iroq esa 3 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, oxirgi o'rindagi Indoneziya hisobida 1 ochko mavjud.

Fu Bo (Xitoy termasi bosh murabbiyi): “Biz bu o'yinga tayyorgarlikni 6 noyabr kuni boshlagandik. Faqat 10 noyabrdan to'liq tarkib bilan shug'ullanishni boshladik. Etiborni asosan jamoaviy o'yinga qaratdik. Yigitlarni imtihondan o'tkazdik va ularning ko'rsatkichlari menga maqul keldi. Hozircha bor etibor Indoneziya bilan o'yinga qaratilgan, ana undan keyin Saudiya haqida o'ylaymiz”.
 
Jeksen Tiago (Indoneziya bosh murabbiyi): “Mana, ikki haftadirki bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Albatta, safarda Xitoyga qarshi to'p surish oson emas, lekin biz ijobiy natijadan umidvormiz. Bu erga 24 nafar futbolchi bilan tashrif buyurdik va ularning hammasi maydonga tushishga hozir. Qolaversa, iqlimga ham moslashib oldik. Maqsadimiz uyga ochko bilan qaytish va buning uchun bor imkoniyatni ishga solamiz”.

Lopes Karo (S.Arabistoni termasi bosh murabbiyi): “Hozircha o'tkazilgan uchta o'yinning hammasini g'alaba bilan yakunladik. Agar bu safar ham Iroqdan ustun kelsak, Osiyo Kubogiga chiqqanimizni bayram qilamiz. Iroq – kuchli jamoa, axir ular 2007 yil Osiyo chempioni bo'lishgan. Ularni mag'lubiyatga uchratish oson bo'lmaydi, ammo men shogirdlarimga ishonaman”.

Hakim SHakir (Iroq termasi bosh murabbiyi): “Agar guruhdan chiqishni istasak, safarda to'p surishimizga qaramay, Saudiyani engishimiz shart. Bu o'yinda kim g'alaba qozonsa, ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ladi. Agar biz zafar quchsak, ikkinchi o'rinni olishga yaqin bo'lamiz, mabodo Saudiya g'alaba qozonsa, ular chempionat yo'llanmasi qo'lga kiritilganini bayram qilishadi. Malumki, Saudiya o'z uyida kuchli o'yin ko'rsatadi, ammo bu bizni xavotirga solayotgani yo'q”.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика