So’nggi yangiliklar

21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  0 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  0 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  1 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  6 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  2 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  20 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2

Osiyo kubogi-2015. Qahramonga aylangan bolakay, butsa tozalovchi Son Xyon Min hamda darvozabonga oila qurish taklifini bildirgan muxlisa haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-2015. Qahramonga aylangan bolakay, butsa tozalovchi Son Xyon Min hamda darvozabonga oila qurish taklifini bildirgan muxlisa haqida hikoya qilamiz

Turnir arafasida arab mamlakatlari Avstraliyani OFKdan chiqarib yuborish bo'yicha talabnoma yubordi.

16-Osiyo kubogi 9–31 yanvar kunlari Avstraliyaning beshta shahrida o'tkazildi. Mazkur Osiyo kubogi qitadan tashqarida o'tkazilayotgan ilk musobaqa bo'ldi. 

Turnirda 16 ta jamoa ishtirok etdi. O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida BAA, Gongkong va Vetnam bilan bellashib, guruhda 2-o'rinni egalladi.

Avstraliya — Kuvayt o'rtasidagi musobaqaning ochilish uchrashuvida bundan avvalgi turnir finalini boshqargan o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi. "A" guruhidan o'rin olgan mezbonlar 2-o'rin bilan kifoyalandi. Peshqadamlik Janubiy Koreyaga nasib etdi. O'mon va Kuvayt guruhda qolib ketdi.

Mirjalol Qosimov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Xitoy, Saudiya Arabistoni va SHimoliy Koreya bilan bellashdi. 

O'zbekiston terma jamoasi yakuniy tarkibi

Darvozabonlar: 1. Eldor Suyunov ("Nasaf"), 12. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), 21. Akbar To'raev ("Bunyodkor").

Himoyachilar: 2. Egor Krimec ("Paxtakor"), 3. SHavkat Mullajonov ("Olmaliq"), 5. Anzur Ismoilov ("CHangchun Yatay", Xitoy), 14. SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf"), 19. Vitaliy Denisov ("Lokomotiv", Rossiya), 20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), 23. Akmal SHorahmedov ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar: 7. Aziz Haydarov ("Al SHabab", BAA), 8. Server Jeparov ("Seongnam", Janubiy Koreya), 9. Odil Ahmedov ("Krasnodar", Rossiya), 10. Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), 13. Lutfulla To'raev ("Lokomotiv"), 15. Jasur Hasanov ("Lokomotiv"), 16. Vohid SHodiev ("Bunyodkor"), 17. Sanjar Tursunov ("Vorskla", Ukraina), 18. Timur Kapadze ("Lokomotiv"), 22. Farruh Sayfiev ("Nasaf").

Hujumchilar: 4. Sardor Rashidov ("Bunyodkor"), 6. Bahodir Nasimov ("Padideh", Eron), 11. Igor Sergeev ("Paxtakor").

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov.

Musobaqaning dastlabki uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov va Timur Kapadze ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: Avvalo, barchani shunday bayram bilan tabriklayman. Osiyo Kubogi juda ham nufuzli turnir. Barcha jamoalarga omad tilayman. Guruhdagi barcha jamoalar kuchli. Bu erda yaxshi futbol namoyish etishga urinamiz.

Temur Kapadze: Oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan. Osiyo Kubogida ko'p bor ishtirok etganmiz. Qandaydir sovrin yutish vaqti keldi. Ertaga ilk o'yin barchasi bizga yaxshi boshlanishiga umid qilaman.

Dastlabki turda SHimoliy Koreya Igor Sergeevning yagona goli evaziga mag'lub etildi.  SHu kuni ob-havo o'ta noqulay kelganiga qaramasdan o'yin murosasiz va keskin ruhda davom ettirilgan. Diskvalifikaciya sababli uchrashuvni Islom To'xtaxo'jaev o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan. Xavfli vaziyatlar nisbatan biznikilarda ko'proq yuzaga kelganiga qaramasdan to'p darvozaga kirishni istamadi. Aniqrog'i, kuchli yomg'ir to'p bilan erkin harakat qilishga imkon bermagan. Bahsning 63-daqiqasida Server Jeparov qanotdan to'pni yuqorilatib yosh hujumchi, turnirda debyutini nishonlayotgan Igor Sergeevga uzatadi, u esa Ri Myon Guk qo'riqlayotgan darvozaning pastki burchagini boshi bilan chiroyli tarzda ishg'ol qiladi. Hakam hushtagi yangrashiga bir necha soniyalar qolganida raqiblar burchak zarbasidan muvozanatni tiklashga juda yaqin keladi. Biroq tajribali posbon Ignatiy Nesterov mahoratini ko'rsatib jamoamizni goldan saqlab qoladi.

O'zbekiston – KXDR 1:0

10.01.2015. Sidney, "Avstraliya" stadioni. 12078 tomoshabin

Bosh hakam: Navaf SHukrulla (Bahrayn)

Gol: Igor Sergeev, 63

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Akmal SHorahmedov, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov (Jamshid Iskanderov, 90), Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov (Sardor Rashidov, 72), Igor Sergeev (Bahodir Nasimov, 89).


SHimoliy Koreya vakillari, odatda, juda sirli ekanligi bilan ajralib turadi. Ulardan intervyu olish ham muammo hisoblanadi. Goal nashri Terma jamoaning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha xodimi Li Kang Xongdan turnir avvalida intervyu olishga muvaffaq bo'lgan. Li futbol ular rohat emasligini aytgan.

"Rohatlanish biz uchun boshqa tushuncha. Men yaponiyalik o'yinchilarning futboldan zavq olishni xohlaymiz deganlarini eshitdim. Buni hech tushuna olmayman. Menimcha, muxlislar futboldan zavq olishi mumkin, biroq mamlakat futbolchisi uchun bu rohat emas, balki asosiy burch hisoblanadi."

Mazkur guruhdan o'rin olgan Saudiya Arabistoni — Xitoy qarama-qarshiligida esa qiziq holat sodir bo'ldi. Uchrashuv davomida hakam Xitoy darvozasi tomon penalti belgiladi. Arablar 11 metrli jarima zarbasini ijro etishidan avval Xitoy darvozaboni Van Dali darvoza ortidagi 12 yashar avstraliyalik to'p uzatuvchi bolakay Stefan Uaytdan Saudiya Arabistoni hujumchisi Naif Xazazining zarbani qaysi tarafga yo'llashini so'radi. Bolakay esa chapga deya ko'rsatma berdi. Yakunda uning gapiga amalga qilgan posbon to'pni qaytardi, o'spirin esa qahramonga aylandi. Oradan ko'p o'tmay, YU Hai Xitoyga g'alaba taqdim etuvchi gol muallifiga aylandi. O'yindan keyin Xitoy posboni bolakayga libosini sovg'a qildi, shuningdek, u terma jamoa bilan uchrashuvga taklif qilindi.


2-turda hamyurtlarimiz Xitoyga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Terma jamoasi safida Odil Ahmedov raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Xitoy - O'zbekiston 2:1 

14 yanvar 2015. Brisben. "Brisben" stadioni

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)

Gollar: Odil Ahmedov 22, - 0:1. Vu Ksi 54, - 1:1. Sun Ke, 68 - 2:1.

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov (20.Islom To'xtaxo'jev, 46), 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov (4.Sardor Rashidov, 61), 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev, 17.Sanjar Tursunov (15.Jasur Hasanov, 71), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.


Uchinchi turda Saudiya Arabistoni 2:1 hisobida mag'lub etildi. Mazkur bahsda Sardor Rashidov dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Vohid SHodiev mualliflik qildi.

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1

18.01.2015

"Melbourne Rectangular Stadium"

Gollar: Sardor Rashidov 2, - 1:0. Al Sahlvai 59 penalti, - 1:1. Vohid SHodiev 71, - 2:1. Sardor Rashidov 78, - 3:1.

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 14.SHuxrat Muhammadiev, 19.Vitaliy Denisov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 4.Sardor Rashidov, 15.Jasur Hasanov, 10.Jamshid Iskanderov (16.Vohid SHodiev, 65), 6.Bahodir Nasimov.


"C" guruhida Eron va BAA terma jamoalari keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bahrayn va Qatar esa turnir bilan erta xayrlashdi.

Guruhdagi 2-turdan o'rin olgan Qatar — Eron uchrashuvida avstraliyalik qizning forslar posboni Alirizo Hagigiga qarata "Alirizo, men bilan turmush qur" mazmunidagi bayroq bilan tushgan surati Eronda muhokamalarga sabab bo'ldi. Malumki, o'sha vaqtlarda Eronda ayollarning futbol uchrashuvlariga kirishi taqiqlanardi. Futbolchilarning mahalliy ayol ishqibozlar bilan suratga tushishi esa hukumat vakillarining g'azabini keltirdi.

"D" guruhida Yaponiya va Iroq chorak final ishtirokchilariga aylandi. Iordaniya va Falastin guruhda qolib ketdi.


CHekish tufayli OFK sankciyalari

Osiyo futbol konfederaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi kiyim almashtirish xonasida chekkanligi uchun Falastin, Kuvayt va Iordaniya terma jamoalarini 1000 AQSH dollari miqdorida jarima tortdi. 

Umuman olganda, tashkilot turnir davomida jarima qo'llashda faol bo'ldi. Hatto Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda beshta sariq kartochka olgani uchun O'zbekiston terma jamoasiga 2000 AQSH dollari miqdorida jarima solindi.

CHorak finalda vakillarimiz Janubiy Koreya bilan to'qnash kelib, qo'shimcha bo'limlarda darvozasidan ikkita to'p olib chiqqandi. Yodingizda bo'lsa, 78-daqiqada Lutfulla To'raev 78-daqiqada yaqin masofadan bosh bilan xavfli zarba yo'llagan, biroq unga biroz aniqlik etishmagandi.

O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:2

Gollar: Song Pyong Min, 104, 119

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, SHuxrat Muhammadiev Aziz Haydarov, Odil Ahmedov (Timur Kapadze, 30, Lutfullo To'raev (Jamshid Iskanderov, 85), Sanjar Tursunov (Igor Sergeev, 107), Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov.


Turnir boshlanishidan ilgariroq Janubiy Koreya himoyachisi CHa Du Rining Instagram sahifasiga joylagan surati ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi. Unda Son Xyon Min jamoadoshi (CHa Du Ri)ning butsalarini tozalayotgani aks etgan. Tajribali himoyachi suratga shunday izoh qoldirgan: "Koreya futbolining kelajagi porloq. Hatto yoshlar keksalarning oyoq kiyimlarini tozalab qo'yishadi. Seni yaxshi ko'raman, zumrasha." "Oyoq kiyim tozalovchi yigitcha" chorak finalda O'zbekiston darvozasini ikki marotaba ishg'ol qilib, jamoasini yarim finalga olib chiqdi, CHa Duri esa turnirdan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Eron — Iroq bahsi esa jangovar ruhda o'tgan. 3:3 hisobida yakunlangan to'qnashuvdan keyingi penaltilar seriyasida Iroq 7:6 hisobida zafar quchgan.

Mazkur bellashuvda iroqliklar safida harakat qilgan "Traktor" klubi futbolchisi Abdul Zahraning doping qabul qilib yurishi aniqlangan. Eron klubida o'ynaydigan futbolchi bilan bog'liq shikoyat o'yindan so'ng forslar tomonidan FIFA va OFKga yuborilgan. Biroq Iroqni turnirdan chetlatish haqidagi talab qondirilmagan.

SHu bilan birga, Iordaniya terma jamoasi hujumchisi Ahmad Hayel musobaqa payti doping-testchilar tomonidan namuna olish maqsadida bir necha litr suv ichishga majbur etildi, natijada futbolchi giportemiya holatida hushidan ketib qolgan.

Qolaversa, Eronga qarshi o'yindagi g'alabani nishonlashga chiqqan nishonlash uchun ko'chaga chiqqan iroqliklar xursandchilikni otishma qilib nishonladi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo'ldi, 80 dan ortiq kishi yaralandi. Ijtimoiy tarmoqlarda otishma oqibatida halok bo'lgan qizini ko'tarib olgan erkakning ayanchli surati muhokamalarga sabab bo'ldi.

SHuningdek, Avstraliya Xitoyni 2:0 hisobida taslim etgan bo'lsa, Yaponiya penaltilar seriyasida BAAga yutqazib qo'ygan.

Yarim finalning ilk o'yinida Janubiy Koreya Iroq darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritgan bo'lsa, Avstraliya BAAni xuddi shu hisobda mag'lub etdi.

Uchinchi o'rin uchun bellashuvda BAA Iroqni 3:2 hisobida engdi.

Turnir avvalida bir guruhdan o'rin olgan Avstraliya va Janubiy Koreya finalda yana bir-biriga ro'baro' keldi. Mezbonlar yakunda guruh bosqichidagi mag'lubiyat alamini olib, qo'shimcha bo'limlar evaziga Janubiy Koreyani 2:1 hisobida mag'lub etdi hamda ilk marotaba Osiyo kubogini qo'lga kiritdi.


Turnir arafasida Fors ko'rfazi mamlakatlari OFK tashkilotiga azo bo'lganidan beri qita turnirning sovrindorlari safidan o'rin ola boshlagan Avstraliyani tashkilot tarkibidan chiqarib yuborish bo'yicha talabnoma yuborgan. Bu haqda OFKning o'sha paytdagi Prezidenti SHayx Salmon "Al Ittihod" gazetasiga bergan intervyusida malum qilgan. Mazkur so'rov tashkilot tomonidan ko'rib chilishi aytilgan.

Musobaqa statistikasi:

O'yinlar soni: 32ta

Gollar: 85ta (o'rtacha 2,66tadan)

Tomoshabinlar: 649705 (o'rtacha 20303)

Aniq zarbalar: 275ta

Noaniq zarbalar: 342 ta

Seyvlar: 188 ta

Sariq kartochkalar: 114ta

Qizil kartochkalar: 5ta

To'purar: Ali Mabhut (BAA) - 5ta

Eng yaxshi darvozabon: Metyu Rayyan (Avstraliya)

"Feyr pley" sovrini: Avstraliya

Eng yaxshi futbolchi: Massimo Luongo (Avstraliya)


Futbolchilar statistikasi:

Eng ko'p golli pas oshirgan: Massimo Luongo (Avstraliya) va Umar Abdulrahmon (BAA) - 4tadan

Birinchi gol muallifi: Hussayn Fadhel (Quvayt)

So'nggi gol muallifi: Jeyms Troici (Avstraliya)

Eng ko'p zarba bergan:  Ahmad Halil (BAA), Xonda (Yaponiya) - 17tadan

Eng ko'p pas bergan: Ki Sung Yong (Janubiy Koreya) - 408

Eng ko'p kross bajargan: Hasan Al Haydos (Qatar) - 36

Eng ko'p seyv qilgan: Majid Nosir (BAA) - 18

Eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan darvozabon: Kim Jin Xyon (Janubiy Koreya)

Eng ko'p gol o'tkazgan darvozabon: Solih (Falastin) - 9

Eng ko'p hujumlarni to'xtatgan: Anzur Ismoilov (O'zbekiston) va Puraliganji (Eron) - 45

Eng ko'p sariq olgan: Yedinak (Avstraliya) va Spiranovich (Avstraliya) - 3

Jamoalar statistikasi:

Eng ko'p gol urgan: Avstraliya - 14ta

Eng ko'p gol o'tkazgan: Falastin - 11ta

Eng ko'p zarba bergan: Avstraliya - 98ta

Eng ko'p "quruq" o'yin: Janubiy Koreya - 5ta

Eng ko'p kartochka olgan: Iroq (14ta sariq va 1ta qizil)

Musobaqaning ramziy jamoasi

Darvozabon: Metyu Rayyan (Avstraliya).

Himoyachilar: CHa Du Ri (J.Koreya), Trent Seynsberi (Avstraliya), Kvak Tae Xvi (J.Koreya), Durgam Ismoil (Iroq).

Yarim himoyachilar: Ki Sung Yong (J.Koreya), Massimo Luongo (Avstraliya), Umar Abdulrahmon (BAA).

Hujumchilar: Son Xen Min (J.Koreya), Tim Keyxill (Avstraliya), Ali Mabhut (BAA).


Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz 

Osiyo kubogi-2000. Braziliyaliklardan iborat mezbon, O'zbekistonning sharmandali natijasi hamda Qosimovdan supergol 

Osiyo kubogi-2004. Debyutant Ermatov va ustasi o'zbek Qosimov, yoqib yuborilgan bayroqlar hamda penaltilar seriyasi o'rtasida darvozani almashtirgan hakam to'g'risida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-2007. Yon hakam tufayli yarim finaldan quruq qolgan O'zbekiston, aholisining halokatiga olib kelgan g'alaba, chiroqsiz qolgan stadion hamda ichkilikbozlik qilgan futbolchilar to'g'risida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-2011. O'zbekistonni ortda qoldirgan Katanecning debyuti, fotograf tufayli jazolangan arablar hamda finalga kiritilmagan muxlislar to'g'risida hikoya qilamiz 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика