So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  1 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Osiyo Kubogi-2015. BAA - Quvayt bahsi o'tkazilmadi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. BAA - Quvayt bahsi o'tkazilmadi

Bugun navbatdagi Osiyo chempionatiga start beriladi.
Musobaqaning ochilish uchrashuvi Avstraliya va Quvayt terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. "S" guruhida bahs olib boradigan BAA termasi musobaqa oldidan o'zining oxirgi uchrashuvini Quvaytga qarshi o'tkazishi lozim edi. Biroq bitta sabab tufayli o'rtoqlik o'yini o'tkazilmay qoldi.

Gap shundaki, Kanberrada bo'lishi kerak bo'lgan bahs oldidan ikkala jamoa azolari maydonga chiqib kelishdi. Futbolchilar o'yinni boshlashga tayyor turishgandi, biroq BAA bosh murabbiyi Mahdi Ali raqib jamoa xodimi o'yinni videoyozuvga tushirmoqchi bo'lganini ko'rgach, o'rtoqlik o'yini o'tkazishdan bosh tortdi.

SHundan so'ng o'rtada biroz tushunmovchilik yuzaga keldi. Quvaytliklar bu oddiy o'rtoqlik o'yini bo'lsa, biz videoga olib keyinchalik o'z futbolchilarimizning harakatini o'rganib chiqmoqchimiz degani bilan Mahdi Ali bunga ko'nmadi va shogirdlarini maydonga tushirishdan bosh tortdi. Natijada nazorat bahsi o'tkazilmay qolib ketdi. Eslatib o'tamiz, BAA termasi o'z guruhida Eron, Bahrayn va Qatarga qarshi bahs olib boradi.

X.Xoliqov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика